Direktor
Tarjimai hol
1977-yil 23-noyabrda Toşkent şahrida tuğilgan.
Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini bakalavr darajasi bilan tamomlagan. Şuningdek, Buyuk Britaniyaning Reading universitetida magistr darajasini olgan.
Mehnat faoliyatini Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tizimida boşlagan. Keyingi yillarda Londondagi Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankida işlagan, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ğaznaçiligi tizimida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Turli yillarda “Özçarmsanoat” uyuşmasi raisi, investitsiyalar va taşqi savdo vaziri, Boş vazirning örinbosari, Prezident Administratsiyasi rahbari, Prezidentning maxsus topşiriqlar böyiça maslahatçisi hamda strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2026-yil 10-iyuldan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktori.
Kasbiy faoliyati
- 2000–2003 Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki — boş ofis va Samarqand hududiy bölinmasi.
- 2003–2007 Londondagi Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (2003-yil noyabridan).
- 2007–2013 Moliya vazirligi Ğaznaçiligi — rahbar örinbosari, birinçi örinbosar, Toşkent şahar Ğaznaçilik boşqarmasi boşliği.
- 2014–2017 “Özbekçarmpoyabzali” uyuşmasi raisining maslahatçisi.
- 2017–2018 “Özbekçarmpoyabzali” uyuşmasi raisining örinbosari.
- 2018–2019 “Özçarmsanoat” uyuşmasi raisi.
- 2019-yildan Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vaziri (28-yanvardan).
- 2020-yildan Boş vazirning investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça örinbosari — investitsiyalar va taşqi savdo vaziri (10-martdan).
- 2022-yildan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari (16-iyuldan).
- 2023-yildan Özbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topşiriqlar böyiça maslahatçisi (17-avgustdan).
- 2025-yildan Özbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi (14-iyuldan).
- 2026-yildan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktori (10-iyuldan — hozirgi vaqtga qadar).
Ta’lim
- Bakalavr Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti
- Magistr Reading universiteti, Buyuk Britaniya