Loyiha

Ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali

Ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Mening yurtim — mening xaritam Har bir hudud uchun — aniq maʼlumot, toʻgʻri qaror, samarali investitsiya. Ijtimoiy infratuzilmaning joylashuvi, aholi ehtiyoji va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini bir joyda koʻring.
Xaritani ochish →

Tizim nima ish qiladi?

Geoportal ijtimoiy infratuzilma haqidagi maʼlumotlarni yigʻadi, tahlil qiladi va qaror qabul qilishga yordam beradi.

Yagona reestr

Maktablar, bogʻchalar, sogʻliqni saqlash, madaniy meros, sport va taʼlim obʼektlarining yagona bazasi — har bir obʼekt uchun elektron pasport bilan.

Fazoviy tahlil

Viloyat, tuman va mahalla kesimida taʼminot, yetib borish va yuklama hisoblanadi — muammoli hududlar avtomatik aniqlanadi.

Qarorlarga yordam

«Qayerga qurish kerak?» savoliga javob, investitsiya stsenariylari va ustuvorlik indeksi — resurslar ehtiyoj eng katta joyga yoʻnaladi.

Nima haqida bilib olmoqchisiz?

Barcha obʼektlarni xaritada koʻring Interaktiv xarita va qatlamlar
Asosiy koʻrsatkichlar Quvvat, yuklama, taʼminot
Tahliliy modullar Qamrov, yetib borilish, prognoz
Ijtimoiy obʼektlar reestri CSV / JSON / GeoJSON / XLS
Reestr kontseptsiyasi va uslubiyoti Loyiha haqida toʻliq maʼlumot

Maʼlumotdan — natijaga: yagona zanjir

Strategiyadan — odamlar va hududlar uchun natijagacha.
  1. 1
    Strategik platforma Strategiya — nimaga erishmoqchimiz?
    Taraqqiyot maqsadlari, koʻrsatkichlar va ustuvorliklar belgilanadi.
  2. 2
    Reestr Dalil — nima mavjud?
    Ijtimoiy infratuzilma obʼektlarining yagona bazasi.
  3. 3
    Geoportal / Tahlil Tashxis — muammo qayerda va nega?
    Fazoviy tahlil, tanqislik, yetib borish, yuklama, notenglik.
  4. 4
    Investitsiya qismi Ustuvorlik — resurslarni qayerga yoʻnaltiramiz?
    Ustuvorlik, loyihalar, moliyalashtirish, muddatlar.
  5. 5
    Ijro / Monitoring Amalga oshirish — nima qilindi?
    Loyihalarni amalga oshirish, muddat va sifat nazorati.
  6. 6
    Real holat Fuqaro dalillari — aslida nima boʻlyapti?
    Fuqarolar fikri, dala maʼlumotlari, maʼlumotlarni tasdiqlash.
  7. 7
    Reestr Yangilash — nima oʻzgardi?
    Maʼlumotlarni yangilash, tafovutlarni bartaraf etish, reestrni aktuallashtirish.