Şö’balar

Ikrom Fozilov
Strategik rejalaştiriş tizimini muvofiqlaştiriş şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
mamlakatda strategik rejalaştiriş tizimini muvofiqlaştirişda strategik rejalaştiriş hujjatlari loyihalari işlab çiqilişini tartibga soliş
va muvofiqlaştiriş;
strategik rejalaştiriş hujjatlari loyihalarini işlab çiqişda vazirliklar
va idoralarni uslubiy qöllab-quvvatlaş, tavsiyalar va uslubiy körsatmalar tayyorlaş;
mamlakatning uzoq muddatga möljallangan milliy maqsadlarini belgilovçi konsepsiya va boşqa strategik rejalaştiriş hujjat (vision)lari işlab çiqilişini taşkillaştiriş;
vazirlik va idoralarning strategik rejalaştiriş böyiça tarkibiy bölinmalari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari rahbarlarini lavozimga tayinlaş
va ozod etiş masalalarini kelişiş.

Bekzod Kurbanov
Islohotlar samaradorligini monitoring qiliş va baholaş şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
“Özbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlarining samaradorlik körsatkiçlariga erişilişi ustidan monitoring yuritiş;
“Özbekiston – 2030” strategiyasi ijro holatida yuzaga kelayotgan muammo, keçikiş va xavf-xatarlarni aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş böyiça aniq takliflar kiritiş;
“Özbekiston – 2030” strategiyasini monitoring va baholaş natijalari asosida Agentlik rahbariyati va vakolatli organlar uçun tahliliy axborot va hisobot materiallarini tayyorlaş;
Strategik rejalaştiriş va rivojlanişning raqamli platformasini (daşboard) maʼmuriy boşqariş va yuritiş;
“Özbekiston – 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlaş, hisobot beriş, monitoring qiliş va baholaş jarayonlarini taşkil etiş böyiça tavsiyalar
va uslubiy qöllanmalar işlab çiqiş;
Mamlakatda strategik rejalaştiriş tizimini muvofiqlaştiriş doirasida strategik rejalaştiriş hujjatlarining amalga oşirilişi ustidan monitoring
va baholaşni uslubiy jihatdan taʼminlaş hamda tartibga soliş.

Dadaxon Jumaniyazov
Soha va tarmoqlarni strategik rejalaştiriş va rivojlantiriş şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
soha va tarmoqlarning joriy holati, rivojlaniş tendensiyalari
va muammolarini tahlil qiliş hamda mamlakatni kompleks va proaktiv rivojlantiriş böyiça taklif va taşabbuslarni işlab çiqiş;
soha va tarmoqlarni isloh qilişdagi muhim tizimli muammolarni hal etiş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqiş maqsadida davlat organlari, xalqaro taşkilotlar, xorijiy kompaniyalar va boşqa taşkilotlar örtasida samarali hamkorlikni yölga qöyiş uçun ekspert maydonçalarini taşkil etiş;
Agentlikka kelib tuşgan hamda muayyan soha yoki tarmoq rivojiga qaratilgan strategik rejalaştiriş hujjatlari loyihalarini körib çiqiş va xulosalarini taqdim etiş;
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qiliş orqali rivojlantiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
soha va tarmoqlarni rivojlantiriş böyiça loyiha ofislari faoliyatini taşkil qiliş hamda faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş;
soha va tarmoqlarni rivojlantirişga oid strategik rejalaştiriş hujjatlari ijrosini taʼminlaş, hisobot beriş, monitoring qiliş va baholaş böyiça tavsiya
va uslubiy qöllanmalar tayyorlaş.

Ruslan Xalilov
Tahlil va tadqiqotlar şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
Agentlik faoliyatining ustuvor yönalişlari böyiça tahliliy va strategik tadqiqotlar olib boriş, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni çuqur örganiş va ular böyiça asoslangan xulosalar tayyorlaş;
davlat boşqaruvi, iqtisodiyot va boşqa sohalardagi mavjud muammolarni aniqlaş, ularni bartaraf etiş yuzasidan amaliy va fundamental ahamiyatga ega bölgan takliflar işlab çiqiş;
xalqaro va mahalliy tahliliy va tadqiqot markazlari (aql markazlari) bilan özaro manfaatli hamkorlikni örnatiş va rivojlantiriş, ilğor tajribalarni örganiş
va amaliyotga joriy etiş;
işlab çiqilgan tahliliy materiallar va takliflarni Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalaştiriş va rivojlaniş böyiça Muvofiqlaştiruvçi kengaşga kiritiş uçun tayyorlaş;
“Kelajak uçun” forumini taşkil etiş, uning dasturini şakllantiriş, iştirokçilar bilan hamkorlikni taʼminlaş hamda forum yakunlari böyiça tahliliy hisobot va takliflar tayyorlaş;
Agentlik va uning tarkibiy bölinmalari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan tahliliy materiallar, maʼlumotlar va takliflarni işlab çiqiş.

Baxtiyor Normirzayev
Hududlarni strategik rejalaştiriş va rivojlantiriş şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
hududlarda oçiq muloqotlar doirasida aholining, şuningdek, tadbirkorlik subyektlarining bildirgan fikr va mulohazalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni işga soliş hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarini hal etiş çoralari yuzasidan taklif va taşabbuslarni işlab çiqiş;
hududlarni rivojlantiriş böyiça taklif va taşabbuslarni işlab çiqiş aholi, tadbirkorlik subyektlari va jamoatçilik vakillari iştirokini taʼminlagan holda mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarida tuzilgan “Islohotlar ştablari” bilan yaqin hamkorlik qiliş;
hududlar rivojlanişining joriy holati, Özbekiston Respublikasining boşqa mamlakatlar hamda xalqaro taşkilotlar va institutlar bilan hamkorligi samaradorligi töğrisida axborot töplaş va tizimli tahlil qiliş, şuningdek, mamlakatning kompleks va proaktiv rivojlanişini taʼminlaşga qaratilgan taklif
va taşabbuslarni işlab çiqiş.

Jamşid Hasanov
Strategik rivojlaniş böyiça vazifalar ijrosini nazorat qiliş şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
şö’ba faoliyatiga boğliq bölgan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyişlari va boşqa qonun hujjatlari, Agentlik kengaşi qarorlari va iş rejalari, Agentlik direktorining buyruq, farmoyiş va körsatmalari ijrosi taʼminlaş;
strategik rivojlaniş böyiça qonunçilik hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qiliş;
vazirlik va idoralarning strategik rejalaştiriş böyiça tarkibiy bölinmalari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari faoliyatining asosiy yönalişlari va uni yölga qöyişning boşqa taşkiliy masalalariga oid tartib-taomillarning belgilangan tartibda amalga oşirilişini nazorat qiliş.

Elyor Jörayev
Meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertiza qiliş şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
strategik islohotlarni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini körib çiqiş hamda bu boradagi işlarni muvofiqlaştirilgan holda taşkil etiş;
Agentlikning yuridik xizmat yönalişidagi vazifalarini bajariş.

Dmitriy Neudaçin
Ilğor xorijiy tajriba, ilmiy-tadqiqot va amaliyot natijalarini örganiş şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
Özbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro maslahatçilari bilan hamkorlik böyiça yillik dasturlarni işlab çiqiş va ularning samarali amalga oşirilişini taʼminlaş;
Yaqin Şarq va arab davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan loyiha ofislarini taşkil etiş, ularning faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş;
Toşkent global taraqqiyot forumini taşkil etiş, uni yuqori saviyada ötkaziş hamda yakunlari böyiça hisobot tayyorlaş;
xalqaro tajribani muntazam ravişda örganiş hamda soha va tarmoqlarni isloh qiliş, şuningdek, ularni implementatsiya qiliş yuzasidan takliflar tayyorlaş.

Dmitriy Ogay
Xorijiy ekspertlar, konsultant va maslahatçilarni jalb etiş jarayonlarini muvofiqlaştiriş şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
xalqaro hamkorlar bilan tuzilgan memorandum va boşqa hamkorlik dasturlarini amalga oşiriş;
davlat organlari va taşkilotlari tomonidan xorijiy konsultant va ekspertlarni jalb etiş jarayonlarini muvofiqlaştiriş, şu jumladan, xorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestrini şakllantiriş;
xorijiy konsultant va ekspertlar bilan tuzilayotgan şartnomalarda xorijiy konsultant va ekspertlar tomonidan amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar (texnik topşiriq şaklida) hamda erişiladigan individual maqsadli körsatkiçlar (KPI) aks ettiriş;
xorijiy konsultant va ekspertlarning moddiy rağbatlantiriş miqdorini har yili aniq iş hajmiga qarab, buyurtmaçi taşkilot bilan birgalikda qayta körib çiqiş;
buyurtmaçi taşkilot tomonidan har çorakda xorijiy konsultant va ekspertlarni baholaş natijalari böyiça hisobot xorijiy konsultant va ekspertning şaxsiy yiğmajildida umumlaştirib boriş va tahlil qiliş;
“Country Platform” faoliyatini yangiça tartibda yölga qöyiş;
xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan tegişli davlatlarning ilğor tajribasi va amaliyoti haqidagi maʼlumotlarni oliş;
diplomatik vakolatxonalar, xalqaro taşkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan keltirilgan maʼlumotlar asosida yagona axborot-bazani şakllantiriş;
ilğor xorijiy tajriba va xalqaro amaliyotni tizimli örganiş va tahlil qiliş hamda ularni Özbekiston şaroitida implementatsiya qiliş böyiça takliflarni işlab çiqiş;
xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş böyiça loyiha ofislarini taşkil qiliş hamda faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş;
Agentlik bilan hamkorlik qiluvçi xorijiy donorlar va hamkor taşkilotlar bilan samarali işlaş.

Jamşid Sulaymonqulov
Axborot-tahlil va taşkiliy masalalar şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
Agentlikda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyişlari va boşqa qonun hujjatlari, Agentlik kengaşi qarorlari, iş rejalari, Agentlik direktorining buyruq, farmoyiş
va körsatmalari ijrosi taʼminlanişi ustidan qatʼiy nazorat amalga oşirilişini taşkillaştiriş;
Agentlikda iş yuritişni tizimli taşkil etiş, xususan, kiruvçi va çiquvçi yozişmalarni qabul qiliş va yuboriş, uni röyxatdan ötkaziş hamda rahbariyat va ijroçilarga yetkaziş, şu jumladan elektron hujjat aylanişi vositalaridan foydalaniş;
Agentlik tarkibiy tarmoqlari tomonidan yuklatilgan vazifalar doirasida amalga oşirilayotgan işlarni tahlil qiliş, faoliyatni takomillaştiriş va samaradorlikni oşirişga doir topşiriq, körsatma va takliflar tayyorlaş;
Agentlikda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarining körib çiqilişi va belgilangan muddatlarda sifatli javob berilişini nazorat qiliş va tizimli monitoring olib boriş;
Agentlikda kadrlar bilan işlaş faoliyatini Özbekiston Respublikasi qonunçilik hujjatlariga muvofiq taşkil etiş.

Bahodir Alixanov
Jamoatçilik bilan aloqalar şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
Agentlik faoliyatining oçiqligi va şaffofligini taʼminlaş, Agentlik faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritiş;
OAV, ijtimoiy tarmoqlar hamda fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari
va keng jamoatçilik bilan tizimli muloqotni yölga qöyiş, Agentlik faoliyatining oçiqligi va şaffofligini taʼminlaş, uning ijobiy obrösini şakllantiriş hamda jamoatçilik bilan aloqalar (PR) tizimini rivojlantiriş;
Axborot materiallari, press-relizlar va rasmiy bayonotlarni tayyorlaş;
Ommaviy axborot vositalarida Agentlik haqida çiqayotgan materiallarni kuzatiş, jamoatçilik fikrini tahlil qiliş va rahbariyatni xabardor etiş;
jamoatçilik bilan proaktiv, yaʼni jamoatçilikni oldindan xabardor qiliş, dolzarb masalalar böyiça taşabbus bilan çiqiş, aholi va manfaatdor tomonlar bilan doimiy axborot almaşinuvini taʼminlaşga qaratilgan muloqot tizimini taşkil etiş.

Uluğbek Muradov
Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş şö’basi mudiri
Şö’baning asosiy vazifalari
Agentlikda inson resurslarini boşqariş va rivojlantiriş sohasida yagona siyosat va zamonaviy yondaşuvlarni şakllantiriş hamda amalga oşiriş;
Agentlikning joriy va istiqbolli kadrlarga bölgan ehtiyojini aniqlaş, kadrlar salohiyatini tahlil qiliş va inson resurslarini strategik rejalaştirişni ta’minlaş;
Agentlikning vazifa va funksiyalarini samarali amalga oşirişga qodir bölgan professional, yuqori malakali va salohiyatli kadrlarni tanlaş, saralaş, joy-joyiga qöyiş va xizmatda ösişini ta’minlaş;
kadrlar zaxirasini şakllantiriş, yuritiş va rivojlantiriş, şuningdek, istiqbolli va yuqori salohiyatli xodimlarni aniqlaş hamda ular bilan tizimli işlaşni taşkil etiş;
Agentlik lavozimlari böyiça zarur kasbiy va boşqaruv kompetensiyalarini belgilaş, xodimlarning kompetensiyalarini baholaş hamda ularni rivojlantiriş mexanizmlarini joriy etiş;
xodimlarning kasbiy, boşqaruv va funksional bilim va könikmalarini rivojlantiriş, ularning malakasini oşiriş, qayta tayyorlaş, stajirovka va boşqa kasbiy rivojlaniş tadbirlarini tizimli taşkil etiş;
xodimlarning individual rivojlaniş rejalarini şakllantiriş, amalga oşiriş va monitoring qiliş, ularning kasbiy hamda lavozim böyiça ösişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş;
xodimlarning xizmat faoliyati natijadorligini baholaş, baholaş natijalarini inson resurslarini rivojlantiriş, rağbatlantiriş va lavozim böyiça ösiş jarayonlari bilan özaro boğlaş mexanizmlarini takomillaştiriş;
Agentlikda zamonaviy inson resurslarini boşqariş texnologiyalarini, şu jumladan, HR-analitika, raqamli HR tizimlari va ma’lumotlarga asoslangan kadrlar boşqaruvi mexanizmlarini joriy etiş va rivojlantiriş;
xodimlarning mehnat va xizmat intizomiga rioya etişini ta’minlaş, xodimlar örtasida nojöya xatti-harakatlar va huquqbuzarliklarning oldini oliş, soğlom va samarali mehnat muhitini şakllantirişda iştirok etiş.