
“Sifatli davlat boşqaruvi” dasturi
Davlat boşqaruvi sifatini oşirişda yangi bosqiç
“Sifatli davlat boşqaruvi” dasturi Özbekiston Respublikasi va Birlaşgan Arab Amirliklari örtasidagi hamkorlikning amaliy natijasidir. Dastur ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini yagona mezonlar asosida baholaş, kuçli va zaif tomonlarni aniqlaş hamda boşqaruv sifatini izçil yaxşilaşga xizmat qiladi.
2026-yildan boşlab respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining faoliyati har ikki yilda dastur asosida baholanadi. Keyingi bosqiçlarda mahalliy hokimliklar ham baholaş jarayoniga jalb etiladi.

Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilişi lozim.
Hamkorlikdan amaliy natijagaça
Özbekiston va Birlaşgan Arab Amirliklari tajribasi asosida davlat organlarini baholaşning yangi modeli amaliyotga joriy etildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi hamda BAA Boşqaruv samaradorligi agentligi ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini baholaş metodikasini işlab çiqdi.
Xalqaro ekspertlar va mahalliy mutaxassislar boşqaruv sifati, rahbarlarning yetakçilik qobiliyati hamda idoralar erişgan amaliy natijalarni örgandi. 2026-yil yanvar–aprel oylarida 40 ta respublika idorasi baholandi.
Baholaşdan tizimli özgarişgaça
Dastur davlat organlari faoliyatini örganişdan boşlab, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va ilğor tajribalarni ommalaştirişgaça bölgan yagona siklni şakllantiradi.
-
04 Joriy etiş Kamçiliklarni bartaraf etişTavsiyalar asosida tizimli işlar amalga oşiriladi va ğoliblarning ilğor tajribasi boşqa idoralarga yoyiladi.Doimiy
Dastur qanday davom etadi?
Farmoyiş dastur natijalarini bir martalik tadbir sifatida emas, boşqaruv sifatini muntazam yaxşilaydigan tizim sifatida belgilaydi.
-
Keyingi bosqiç
Mahalliy hokimliklar iştirokiMahalliy hokimliklar iştiroki — natijalar tuman va şahar darajasida ham sezilişi uçun mahalliy ijro organlari dasturga jalb etiladi.



