Hududlarni
rivojlantiriş

Maqsad — har bir hududning öziga xos salohiyatini aniqlaş va uni investitsiya loyihalari hamda manzilli yeçimlar orqali real iqtisodiy ösişga aylantiriş.

14
hudud uçun 2030-yilgaça rivojlantiriş strategiyasi loyihasi
41
vazirlik va idora bilan strategiyalar kelişuvi
146
investitsiya loyihasi portfelda

Faoliyat yönalişlari

“Özbekiston — 2030” strategiyasi, Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF-181-son Farmoni va PQ-394-son qarori asosida Agentlik hududlarni strategik rejalaştiriş va rivojlantirişning yagona tizimini şakllantirmoqda.

Hududiy strategiyalar

Har bir hudud uçun “Özbekiston — 2030” strategiyasi bilan uyğunlaştirilgan maqsadlar, natija körsatkiçlari va çora-tadbirlarni işlab çiqiş.

Investitsiya salohiyati

Tumanlar kesimida iqtisodiy imkoniyatlarni örganiş, investitsiya loyihalari portfelini şakllantiriş va xorijiy investorlar bilan muloqotni taşkil etiş.

Hududiy tahliliy salohiyat

Axborot-tahlil guruhlarini operativ vazifalardan ozod qilib, strategik tahlil, prognozlaş va manzilli yeçimlar tayyorlaşga ixtisoslaştiriş.

Mahalliy boşqaruv samaradorligi

Hokimliklar ştatlarini aholi soni, hudud xususiyati va real iş yuklamasiga boğlaş, texnik vazifalarni avtomatlaştiriş metodologiyasini işlab çiqiş.

Kambağallikni qisqartiriş

Kam ta’minlangan oilalar uçun barqaror daromad manbalarini yaratişning yangi, amaliy modellarini işlab çiqiş.

Ma’lumotlarga asoslangan boşqaruv

Vazirlik va idoralar ma’lumotlarini yagona Daşboard va Geoportalga integratsiya qiliş orqali çuqur tahlil imkoniyatini yaratiş.

Hududlarni 2030-yilgaça rivojlantiriş strategiyalari

14 ta hudud uçun 2030-yilgaça rivojlantiriş strategiyalari loyihalari işlab çiqildi. Barça maqsadlar, natija körsatkiçlari va çora-tadbirlar “Özbekiston — 2030” strategiyasi hamda PQ-394-son qaror talablariga muvofiqlaştirildi. Loyihalar 41 ta vazirlik va idora bilan kelişiş uçun yuborildi, ulardan 23 tasidan maqsadli körsatkiçlar olindi.

  1. 1
    hudud Prezident Administratsiyasiga kiritildi
    Qaşqadaryo viloyati
  2. 3
    hudud Vazirlar Mahkamasiga kiritildi
    Toşkent şahri, Surxondaryo viloyati, Samarqand viloyati
  3. 10
    hudud Huquqiy ekspertiza va jamoatçilik muhokamasi bosqiçida
    Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toşkent viloyati, Farğona, Xorazm
  • Körsatkiçlarni taqdim etgan vazirlik va idoralar 23

41 ta vazirlik va idoradan

Hududni yoki bosqiçni tanlang — xaritada ajratiladi. Çegaralar: Natural Earth.

Investitsiya portfeli

9 ta hududdagi 14 ta tumanda 146 ta investitsiya loyihasidan iborat portfel şakllantirildi. Dastlabki baholaşga köra, portfelning umumiy qiymati 3 538,1 mln AQŞ dollarini taşkil etadi. Loyihalarning 105 tasi yirik, 41 tasi örta loyihalardir.

3 538,1
mln AQŞ dollari — portfelning umumiy qiymati
dastlabki baholaş böyiça
14
tuman
9 ta hududda
105
yirik loyiha
41
örta loyiha

Dastlabki baholaş ma’lumotlari

Tarmoqlar kesimida

  • Quriliş 26 ta
  • Qişloq xöjaligi 25 ta
  • Oziq-ovqat sanoati 14 ta
  • Turizm 11 ta
  • Yengil sanoat 7 ta
  • Boşqa sohalar 63 ta

Loyihalar soni

Yetakçi tumanlar

Loyihalar soni va qiymati, mln AQŞ dollari

1 000,0
Payariq tumani
Samarqand viloyati · 36 ta loyiha
920,0
Dehqonobod tumani
Qaşqadaryo viloyati · 24 ta loyiha
613,1
Denov va Şerobod tumanlari
Surxondaryo viloyati · 15 ta loyiha
263,7
Arnasoy tumani
Jizzax viloyati · 13 ta loyiha