
Kitob o‘qing, kelajak yarating
1–11-sinf o‘quvchilari uchun kitobxonlikni ommalashtirish, mutolaa savodxonligini oshirish va bilimga intilishni rag‘batlantiruvchi umummilliy tanlov.
Milliy kitobxonlik harakati haqida
O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish, mutolaa savodxonligini oshirish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026-yildan boshlab milliy kitobxonlik harakati har yili o‘tkaziladi.
Dastur umumta’lim maktablari o‘quvchilarini qamrab oladi va bilim, tanqidiy fikrlash hamda ijodkorlikni rag‘batlantiradigan ochiq tanlov shaklida tashkil etiladi.
Tanlov uch bosqichda
Maktab va tuman bosqichidan respublika finaligacha ishtirokchilar bilim, tahlil va yozma savodxonlik bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi.
-
2027-yil 03 · Respublika bosqichi Erkin suhbat va insho6–8 hamda 9–11-sinf toifalari finalistlari erkin suhbat va berilgan adabiyotlar asosidagi yozma ish orqali baholanadi.Yakuniy bosqich
Dasturni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar
Farmoyishda mas’ul tashkilotlar uchun aniq muddatlar va natijalar belgilangan.
-
Yil yakuniga qadar
Maktab kutubxonalarini inventarizatsiya qilishBadiiy adabiyotlar holati o‘rganilib, kutubxonalarni zarur adabiyotlar bilan ta’minlash bo‘yicha taklif kiritiladi.
Tez-tez beriladigan savollar
Tez-tez beriladigan savollar
Tanlovda kim ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekistonda istiqomat qiladigan 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish bepul.
Tanlov nechta bosqichdan iborat?
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi: maktab/tuman bosqichi, hududiy (viloyat) bosqichi va respublika bosqichi.
Birinchi bosqich qanday o‘tadi?
Ishtirokchilar elektron platformada ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan kitoblar asosida har oy onlayn test topshiradi.
Qaysi yosh toifalari belgilangan?
Ishtirokchilar 1–5-sinf, 6–8-sinf va 9–11-sinf toifalarida qatnashadi.
Kitob va o‘quv resurslarini qayerdan olish mumkin?
Elektron platforma, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika bolalar kutubxonasi, axborot-kutubxona markazlari va maktab kutubxonalaridan foydalanish mumkin.
Dasturni kim tashkil etadi?
Dastur Yoshlar ishlari agentligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etiladi.
Hech narsa topilmadi.
Huquqiy asos
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-maydagi F-33-son farmoyishi
“Yoshlar orasida kitobxonlik dasturini keng joriy etish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”.
Farmoyish ijrosini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari I.T. Siradjev zimmasiga yuklangan.



