Tizimni muvofiqlashtirish
Vazirliklar, idoralar va hududiy ijro organlarining strategik rejalashtirish faoliyatini uyg‘unlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli yo‘nalishlarini ilmiy asosda belgilash va islohotlar izchilligini ta’minlash zaruratidan vujudga kelgan institutdir. Strategik tahlil markazidan yagona strategik rejalashtirish tizimining vakolatli organiga qadar bosib o‘tilgan yo‘l Agentlikning davlat boshqaruvidagi o‘rni va mas’uliyati izchil oshib borganini ko‘rsatadi.
Bugun Agentlik mamlakatda yaratilgan strategik rejalashtirish ekotizimining yagona muvofiqlashtiruvchi markazi hisoblanadi. Prezident huzuridagi maqom Agentlik takliflarining davlat siyosatining eng yuqori darajasida ko‘rib chiqilishini, uning muvofiqlashtiruvchi roli esa barcha davlat organlari faoliyatining yagona strategik maqsadlar sari yo‘naltirilishini ta’minlaydi.
Agentlik konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlarni yagona tizimga birlashtirib, vazirliklar, idoralar va hududiy ijro organlarining strategik rejalashtirish faoliyatini uyg‘unlashtiradi. Strategik hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholash mexanizmlari ham Agentlik tomonidan belgilanadi. Ilmiy tahlil, ishonchli ma’lumot va o‘lchanadigan natijalarga tayangan holda Agentlik “Maqsad — harakat — natija” tamoyilini davlat boshqaruvi amaliyotiga tatbiq etmoqda.

«Biz o‘zgarishlarni kutib yashamaymiz, aksincha, ularni o‘zimiz, o‘z aql-zakovatimiz va mas’uliyatli mehnatimiz bilan yaratamiz»
Milliy taraqqiyotning strategik markazi sifatida shakllanish yoʻli
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi Oʻzbekistonning uzoq muddatli taraqqiyot maqsadlarini belgilash, strategik ustuvor yoʻnalishlarni shakllantirish va keng koʻlamli islohotlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich takomillashib kelgan muhim davlat instituti hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ochish PF-216 08.09.2022Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ochish PF-190 08.11.2023Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ochish PF-201 30.10.2025Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ochish PQ-394 29.12.2025Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
OchishHech narsa topilmadi.