Abduqodirov Abdulla Mamasaatovich
Tarjimai hol
1961-yil 19-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1982-yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisod institutida ilmiy xodim sifatida boshlagan. Keyingi yillarda Moliya vazirligida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosaridan vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimigacha bo‘lgan mehnat yo‘lini bosib o‘tgan.
Davlat mulkini boshqarish va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish tizimida, shuningdek, bank va xususiy sektorda rahbarlik lavozimlarida ishlagan. ABN AMRO Bank N.V.ning O‘zbekistondagi filialida, “Smart Heating Systems”, “Double A Solutions” kompaniyalarida faoliyat yuritgan hamda “Infinbank” kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lgan.
2020–2022-yillarda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2022-yil dekabrida Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. 2026-yil 12-mayda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan, 2026-yil 10-iyulda boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etilgan.
2026-yil 16-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari.
- 1987–1990 O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisod instituti — ilmiy xodim.
- 1990–1997 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, vazir o‘rinbosari, vazirning birinchi o‘rinbosari.
- 1996–2000 Davlat mulk qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari; Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va takomillashtirish markazi bosh direktori.
- 2000–2004 ABN AMRO Bank N.V. Netherlands bankining O‘zbekistondagi filiali — g‘aznachilik boshlig‘i, boshqaruv raisi o‘rinbosari.
- 2005–2013 “Smart Heating Systems” MCHJ bosh direktori.
- 2008–2013 “Infinbank” kuzatuv kengashi a’zosi.
- 2015–2022 “Double A Solutions” MCHJ bosh direktori, Toshkent.
- 2020–2022 O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi.
- 2022-yildan Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari (24-dekabrdan).
- 2026 Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi (12-may — 10-iyul).
- 2026-yildan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari (16-iyuldan — hozirgi vaqtga qadar).
Ta’lim
- 1982 Oliy ma’lumot Toshkent Xalq xo‘jaligi instituti
Ilmiy darajasi
- Iqtisodiyot fanlari doktori