Rahbariyat

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi rahbariyati

Sardor Uktamovich Umurzakov

Sardor Uktamovich Umurzakov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori

Qabul soatlari: Juma, 10:00 – 12:00

Umumiy ma'lumotlar

Ilmiy darajasi
Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Ma'lumoti
1994-1998-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro moliya va bank ishi» fakultetida o‘qigan. Bakalavr diplomini olgandan soʻng, 1998-1999-yillarda Reading universitetida (Buyuk Britaniya) «Bank ishi» ixtisosligi boʻyicha magistr darajasini olgan.

Tarjimai hol

Sardor Uktamovich Umurzakov 1977-yil 23-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1994–1998-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. 1998–1999-yillarda Buyuk Britaniyaning Reading universitetida oʻqishni davom ettirib, “Bank ishi” mutaxassisligi boʻyicha magistr darajasini olgan.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida boshlagan. Bu yerda 2-toifali mutaxassis, 1-toifali mutaxassis, yetakchi mutaxassis hamda Investitsiyalarni boshqarish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida xizmat qilgan. 2003-yilda bankning Samarqand filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari etib tayinlangan.

Abdulla Mamasaatovich Abdukadirov

Abdulla Mamasaatovich Abdukadirov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

Qabul soatlari: Payshanba, 10:00 – 12:00

Umumiy ma'lumotlar

Ilmiy darajasi
Iqtisodiyot fanlari doktori (PhD)
Ma'lumoti
1982-y. Toshkent xalq xoʻjaligi instituti,
1987-y. Fanlar akademiyasi iqtisod instituti aspiranturasi

Tarjimai hol

Abdulla Mamasaatovich Abdukadirov 1961-yil 19-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Mehnat faoliyatini 1983–1990-yillarda Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida ilmiy faoliyat olib borgan. 1990–2000-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 
2000–2013-yillarda bank-moliya va xususiy sektor yo‘nalishlarida, jumladan “ABN AMRO NB Uzbekistan A.O.” banki hamda “Smart Heating Systems”, CEAS Holding (Uzbekistan) kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2013–2020-yillarda xalqaro kompaniyalar va biznes tuzilmalarida faoliyat olib borgan.
2020–2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi bo‘lgan.
2022-yil 24-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
2026-yil 12-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-86-son Farmoniga asosan Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 2026-yil iyul oyidan Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Taxirjon Bahodirovich Safarov

Taxirjon Bahodirovich Safarov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining o‘rinbosari

Qabul soatlari: Chorshanba, 10:00 – 12:00

Umumiy ma'lumotlar

Ilmiy darajasi
Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Ma'lumoti
2002-y. Qoraqalpoq davlat universiteti
2013-y. Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi
2023-y. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Tarjimai holi

Taxirjon Bahodirovich Safarov 1980-yil 21-iyunda Xorazm viloyati, Urganch shahrida tug‘ilgan. 2002-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini, 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini, 2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Huquqshunos va iqtisodchi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.

1999–2007-yillarda huquq va adliya tizimida, jumladan Toshkent viloyati adliya boshqarmasi hamda Adliya vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2007–2019-yillarda sud tizimida faoliyat olib borib, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi sudyasi, Toshkent viloyati sudi sudyasi hamda Bekobod va Yunusobod tuman sudlari raisi lavozimlarida ishlagan.

2019–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida yetakchi va bosh inspektor, sho‘ba mudiri hamda Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentida sho‘ba mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2026-yil 16-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan.