Markaziy apparat

Ikrom Fozilov

Strategik rejalashtirish tizimini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri

Shoʻbaning asosiy vazifalari

mamlakatda strategik rejalashtirish tizimini muvofiqlashtirishda strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishini tartibga solish
va muvofiqlashtirish;

strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda vazirliklar
va idoralarni uslubiy qo‘llab-quvvatlash, tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash;

mamlakatning uzoq muddatga mo‘ljallangan milliy maqsadlarini belgilovchi konsepsiya va boshqa strategik rejalashtirish hujjat (vision)lari ishlab chiqilishini tashkillashtirish;

vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari rahbarlarini lavozimga tayinlash
va ozod etish masalalarini kelishish.

Bekzod Kurbanov

Islohotlar samaradorligini monitoring qilish va baholash shoʻbasi mudiri

Shoʻbaning asosiy vazifalari

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishilishi ustidan monitoring yuritish;

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijro holatida yuzaga kelayotgan muammo, kechikish va xavf-xatarlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar kiritish;

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini monitoring va baholash natijalari asosida Agentlik rahbariyati va vakolatli organlar uchun tahliliy axborot va hisobot materiallarini tayyorlash;

Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasini (dashboard) maʼmuriy boshqarish va yuritish;

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosini taʼminlash, hisobot berish, monitoring qilish va baholash jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar
va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish;

Mamlakatda strategik rejalashtirish tizimini muvofiqlashtirish doirasida strategik rejalashtirish hujjatlarining amalga oshirilishi ustidan monitoring
va baholashni uslubiy jihatdan taʼminlash hamda tartibga solish.

Dadaxon Jumaniyazov

Soha va tarmoqlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish shoʻbasi mudiri

Shoʻbaning asosiy vazifalari

soha va tarmoqlarning joriy holati, rivojlanish tendensiyalari
va muammolarini tahlil qilish hamda mamlakatni kompleks va proaktiv rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish;

soha va tarmoqlarni isloh qilishdagi muhim tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ekspert maydonchalarini tashkil etish;

Agentlikka kelib tushgan hamda muayyan soha yoki tarmoq rivojiga qaratilgan strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqish va xulosalarini taqdim etish;

mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish orqali rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

soha va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislari faoliyatini tashkil qilish hamda faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

soha va tarmoqlarni rivojlantirishga oid strategik rejalashtirish hujjatlari ijrosini taʼminlash, hisobot berish, monitoring qilish va baholash bo‘yicha tavsiya
va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash.

Dmitriy Ogay

Xorijiy ekspertlar, konsultant va maslahatchilarni jalb etish jarayonlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri

Shoʻbaning asosiy vazifalari

xalqaro hamkorlar bilan tuzilgan memorandum va boshqa hamkorlik dasturlarini amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan xorijiy konsultant va ekspertlarni jalb etish jarayonlarini muvofiqlashtirish, shu jumladan, xorijiy konsultant
va ekspertlarning yagona elektron reyestrini shakllantirish;

xorijiy konsultant va ekspertlar bilan tuzilayotgan shartnomalarda xorijiy konsultant va ekspertlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar (texnik topshiriq shaklida) hamda erishiladigan individual maqsadli ko‘rsatkichlar (KPI) aks ettirish;

xorijiy konsultant va ekspertlarning moddiy rag‘batlantirish miqdorini har yili aniq ish hajmiga qarab, buyurtmachi tashkilot bilan birgalikda qayta ko‘rib chiqish;

buyurtmachi tashkilot tomonidan har chorakda xorijiy konsultant
va ekspertlarni baholash natijalari bo‘yicha hisobot xorijiy konsultant
va ekspertning shaxsiy yig‘majildida umumlashtirib borish va tahlil qilish;

“Country Platform” faoliyatini yangicha tartibda yo‘lga qo‘yish;

xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan tegishli davlatlarning ilg‘or tajribasi va amaliyoti haqidagi maʼlumotlarni olish;

diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan keltirilgan maʼlumotlar asosida yagona axborot-bazani shakllantirish;

ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro amaliyotni tizimli o‘rganish va tahlil qilish hamda ularni O‘zbekiston sharoitida implementatsiya qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil qilish hamda faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Agentlik bilan hamkorlik qiluvchi xorijiy donorlar va hamkor tashkilotlar bilan samarali ishlash.