Asosiy mazmunga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bosh sahifa / Yangiliklar / Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi
03.12.2025 2 daq. 11 ko‘rilgan

Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi

Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi 1/3
Bosh sahifaga

Ulashish

Mamlakatni bilimli, fidoyi va shijoatli insonlar rivojlantiradi. O‘zbekistonda barcha islohot va rejalar xalqimizning talab va takliflariga tayanadi.

Endi buning uchun qulay imkoniyat bor – “Kelajak uchun” forumi istiqbolli tashabbuslar yo‘llanadigan ochiq muloqot maydoni. Undan asosiy maqsad soha va hududlarni rivojlantirishga jamoatchilikni jalb etish, aholi takliflarini yuzaga chiqarish, islohotlarning xalqchilligini ta’minlashdir.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil14 iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘tkaziladi. Buning uchun mas’ul tashkilotlar hamkorligida tizim yo‘lga qo‘yildi, kelajakuchun.gov.uz kraud-platformasi ishga tushirildi.

Forum 3 ta bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda tashabbuskorlar, shu jumladan, xorijdagi vatandoshlarimiz mazkur kraud-platformaga kirib, One-ID orqali ro‘yxatdan o‘tadi. 5 ta ustuvor yo‘nalishdan birini tanlab, taklif va loyihalari mazmunini yozadi. Platformada har bir fuqaro 5 tagacha tashabbus yo‘llashi hamda jamoa bo‘lib qatnashishi mumkin.

Ikkinchi bosqichda barcha yo‘llangan tashabbuslar ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqiladi, ularning tavsiyasi asosida takomillashtiriladi. Yakunda eng muhim deb topilgan tashabbus va g‘oyalar keyingi bosqichga o‘tadi.

Uchinchi bosqichda mualliflar o‘z tashabbuslarini Mentorlar kengashi ekspertlariga taqdimot qiladi. Muhokamalarda eng dolzarb deb topilgan tashabbuslar “Top-50” va “Top-10” tarzida saralanadi.

Forumning yakuniy bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Uning sanasi va aniq joyi haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

G‘olib deb topilgan 10 ta eng ilg‘or tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi. Yakunda ma’qullangan tashabbuslar hayotga tatbiq etiladi. Ularning mualliflari moddiy rag‘batlantirilib, loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Tanlangan tashabbuslarni tijoratlashtirish va moliyalashtirishga Biznesni rivojlantirish banki hamda boshqa tijorat banklari, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Forumga kelib tushgan boshqa tashabbuslar davlat dasturlari, tarmoq yoki hududlar bo‘yicha “yo‘l xaritalari"ni shakllantirish uchun Hukumat tomonidan ko‘rib chiqiladi. Forum doirasida barcha jarayonlar Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

Forumda qatnashib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun o‘z taklifingizni yo‘llang! Aynan Sizning tashabbusingiz g‘olib deb topilishi mumkin.

kelajakuchun.gov.uz

 

  • Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 2026-10-08
  • Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 2026-09-29
  • Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 2026-09-25
  • Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 2026-09-24
  • Byurokratiyasiz O‘zbekiston — taklifingiz islohotga aylanadi! 2026-09-21

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 08.10.2026

Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz?

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 29.09.2026

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 25.09.2026

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 24.09.2026

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari

← Sheriklik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi Oldingi yangilik 28.11.2025

Sheriklik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi

Keyingi yangilik 05.12.2025

Onkologiya mutaxassislari Amerikada malaka oshirdi

Onkologiya mutaxassislari Amerikada malaka oshirdi →
Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi

Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi

03.12.2025 • 2 daq.
Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi
Manba: https://asdr.uz/news/aholi-tashabbuslarini-ilgari-surish-uchun-maxsus-forum-otkaziladi  ·  © 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bo‘limlar
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Loyihalar
  • Matbuot markazi
  • Aloqa
  • «O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Aloqa
  • Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43
  • +998 71 203-03-08
  • info@asr.gov.uz
© 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami
100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish