20 noyabr kuni Toşkent şahrida «Davlat boşqaruvi şarhi» (Public Governance Review) loyihasining ikkinçi bosqiçi yakunlariga bağişlangan anjuman bölib ötdi.
Loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi tomonidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OESD) bilan hamkorlikda, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning moliyaviy kömagi asosida amalga oşirilmoqda.
Tadbirda turli vazirlik va idoralar, xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktorining birinçi örinbosari Abdulla Abduqodirov, Qonunçilik va huquqiy siyosat instituti direktorining örinbosari Vosidjon Ergaşev, OESDning raqamli hukumat, innovatsiyalar va davlat xizmatlari masalalari böyiça bölinmasi rahbari Arno Prete hamda Germaniya Federativ Respublikasining Özbekistondagi elçisi örinbosari Marion Edel sözga çiqib, iştirokçilarni qutladi.
A.Abduqodirov öz nutqida loyihani amalga oşirişdagi hamkorlik va körsatilgan kömak uçun OESD, Germaniya hukumati hamda GIZga minnatdorlik bildirdi. Loyihaning ikkinçi bosqiçi 2024 yil noyabrda taqdim etilgan şarhdagi tavsiyalarni amalga oşirişga qaratilgan bölib, milliy islohotlar kun tartibi bilan uzviy boğliq ekanini ta’kidladi.
Jumladan, bu jarayon «Özbekiston — 2030» strategiyasi bilan uyğunlaştirilgan holda 2030 yilgaça bölgan tarmoq va hududiy strategiyalarni işlab çiqiş, 45 ta tuman va şaharda boşqaruvning yangi modelini tajriba-sinov tariqasida joriy etiş, nomarkazlaştiriş böyiça milliy asoslarni şakllantiriş hamda rivojlantirişni qamrab oladi.
Ikkinçi bosqiç doirasida OESD ekspertlari bilan hamkorlikda salohiyatni oşirişga qaratilgan qator seminarlar taşkil etildi. Xususan, 2025 yilda strategik rejalaştiriş va nomarkazlaştiriş, joriy yilda esa natijadorlikni baholaş, ötgan oktyabr oyida Farğona şahrida hududlar rivojini strategik rejalaştiriş mavzularida seminarlar ötkazildi. Şuningdek, 18 noyabr kuni Qonunçilik va huquqiy siyosat institutida nomarkazlaştiriş masalalariga bağişlangan gibrid formatda muloqot ötkazildi.
Bugungi anjumanda Özbekistonda amalga oşirilayotgan sönggi islohotlar hamda ikkinçi bosqiçning uçta ustuvor yönaliş böyiça asosiy natijalari körib çiqildi:
- Strategik rejalaştiriş va siyosatni muvofiqlaştiriş — strategik salohiyatni hamda muvofiqlaştiriş funktsiyalarini kuçaytiriş;
- Nomarkazlaştiriş — mahalliy boşqaruv tuzilmalarini mustahkamlaş va joylarda xizmatlar sifatini oşiriş;
- Tartibga soliş siyosati va tartibga soliş ta’sirini baholaş — tartibga soliş siyosati tizimini rivojlantiriş va ta’sirni baholaş mexanizmlarini amaliyotga joriy etiş.
Tadbirda GIZning «Samarali davlat boşqaruvi» dasturi rahbari Viktor Kessler ham hamkorlik natijalari haqida nutq sözladi. Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi, Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasi, Adliya vazirligi hamda Qonunçilik va huquqiy siyosat instituti vakillari qatnaşdi.
Muhokamalar davomida milliy ustuvor yönalişlarning hududiy rejalarda aks ettirilişi, nomarkazlaştiriş jarayoniga tösqinlik qilayotgan masalalar, resurslar, salohiyat va hisobdorlik bilan boğliq çeklovlar, ta’sirni baholaş mezonlarining qabul qilinayotgan qarorlarga ta’sirini kuçaytiriş, şuningdek, islohotlarning barqarorligini ta’minlaş uçun zarur institutsional mexanizmlar muhokama qilindi.
Tadbir söngida erişilgan natijalar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan oçiq muloqot taşkil etildi. Tomonlar erişilgan natijalarni mustahkamlaş çoralari hamda OESD bilan kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari yuzasidan fikr almaşdilar.








