Asosiy mazmunga o‘tish
Агентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформ
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Агентство стратегического развития и реформ
Bosh sahifa / Yangiliklar / GIZ vakillari bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichi yuzasidan fikr almashildi
03.06.2026 3 daq.

GIZ vakillari bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichi yuzasidan fikr almashildi

GIZ vakillari bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichi yuzasidan fikr almashildi 1/2
Bosh sahifaga

Ulashish

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati – GIZ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu hamkorlik Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hamkorligida 2022–2024 yillarda tayyorlangan “Davlat boshqaruvi sharhi” (Public Governance Review) tadqiqotiga asoslanadi. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimi oltita asosiy yo‘nalish bo‘yicha tahlil qilindi. Ularning biri – samarali davlat boshqaruvi bo‘lib, taraflar ayni shu yo‘nalishda islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamkorlikni davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldilar.
Ayni shu yo‘nalishda erishilgan natijalar va kelgusi vazifalar uchrashuvda muhokama qilindi. Muloqot chog‘ida hamkorlikda qilingan ishlar, xususan, “Samarali davlat boshqaruvi dasturi”ning natijalari ko‘rib chiqildi. Dastur 2022-yildan beri O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga ma’muriy islohot, davlat boshqaruvi sifatini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarida ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston hududlar rivojini strategik rejalashtirish, davlat boshqaruvini nomarkazlashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu asosda hamkorlikni davom ettirishga ehtiyoj tug‘ilmoqda.
Loyihaning navbatdagi bosqichini tayyorlash doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati Toshkent shahrida ekspert missiyasini tashkil etishni rejalashtirgan. Bundan maqsad – hamkor va manfaatdor institutlarning joriy ehtiyojlarini tahlil qilish, hamkorlik ustuvorliklarini aniqlashtirish va davlat xizmati islohoti, strategik rejalashtirish, davlat xaridlari, nomarkazlashtirish, raqamli transformatsiya hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida ko‘mak ko‘rsatishning eng samarali yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri markazlashtirishni qisqartirish, ya’ni detsentralizatsiya bo‘lib, uning mohiyati vakolatlarni markazdan hududiy va mahalliy boshqaruv darajasiga bosqichma-bosqich o‘tkazishdan iborat. Bu borada mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini mustahkamlash, hududlarda strategik rejalashtirish salohiyatini oshirish hamda davlat xizmatlarini aholiga yaqinlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Dasturning yangi bosqichi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.


Uchrashuv davomida Agentlik direktori vazifasini bajaruvchi A.Abduqodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida sifatli boshqaruv tamoyillari va strategik rejalashtirish tizimi joriy etilayotgani, bunda ilg‘or tajribalar va maslahatlashuvlar foydali ekanini ta’kidladi.
“Samarali davlat boshqaruvi dasturi” rahbari Viktor Kessler hamda ekspertlar Jasmina Popin, Alissa Kryuger, Mixael Petersik hamkorlikdagi loyihalarni yuqori baholab, aloqalarni davom ettirish istagini bildirishdi.
Taraflar davlat boshqaruvini yanada isloh qilish, nomarkazlashtirish va hududiy rivojlanish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

So‘nggi yangiliklar

  • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 2026-08-21
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 2026-08-21
  • Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 2026-08-21
  • «Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 2026-08-19
  • Toshkent viloyati strategiyasi hududning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan 2026-08-17

Agentlik yangiliklariga obuna bo‘ling

Eng muhim yangiliklar va tahliliy materiallarni pochtangizga oling.

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 21.08.2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 21.08.2026

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 21.08.2026

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 19.08.2026

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi

← Mahalliy baholovchilar taqdirlandi Oldingi yangilik 01.06.2026

Mahalliy baholovchilar taqdirlandi

G‘olibning tajribasi: Adliya vazirligi – «Eng yaxshi vazirlik» mukofoti sovrindori Keyingi yangilik 05.06.2026

G‘olibning tajribasi: Adliya vazirligi – «Eng yaxshi vazirlik» mukofoti sovrindori

→
GIZ vakillari bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichi yuzasidan fikr almashildi

GIZ vakillari bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichi yuzasidan fikr almashildi

03.06.2026 • 3 daq.
GIZ vakillari bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichi yuzasidan fikr almashildi
Manba: https://asdr.uz/news/giz-vakillari-bilan-hamkorlikning-navbatdagi-bosqichi-yuzasidan-fikr-almashildi  ·  © 2026 Агентство стратегического развития и реформ
Агентство стратегического развития и реформ
Разделы
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Matbuot markazi
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Aloqa
© 2026 Агентство стратегического развития и реформ

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami 100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish

O‘qish rejimi bannerlar va ustunlarni olib tashlaydi: faqat sahifa matni qoladi.

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va saytning barcha sahifalarida amal qiladi.