Asosiy mazmunga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bosh sahifa / Yangiliklar / «Buxoro – 2030»: Buxoro viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi
24.07.2026 3 daq. 25 ko‘rilgan

«Buxoro – 2030»: Buxoro viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi

«Buxoro – 2030»: Buxoro viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi 1/4
Bosh sahifaga

Ulashish

2026-yil 24-iyul kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 31-sessiyasi bo'lib o'tdi. Kun tartibidagi birinchi masala sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Strategiya loyihasini sessiyada Agentlik direktorining birinchi o'rinbosari A. Abduqodirov taqdim etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son Farmoni bilan «O'zbekiston – 2030» strategiyasi yangi tahrirda tasdiqlandi. Unda yangilangan milliy maqsad va ustuvorliklar bilan bir qatorda hududlarni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish vazifasi ham belgilab berildi.

«Buxoro — 2030» strategiyasi umummilliy yo'nalishning hududiy davomi bo'lib, unda mamlakat ustuvorliklari viloyat darajasida aniq o'lchamga ega bo'ldi — Buxoro viloyatining o'ziga xosligi, salohiyati, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalari va istiqbolli vazifalarini aks ettiruvchi maqsadli ko'rsatkichlar hamda yo'nalishlar belgilandi.

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida amalga oshirilgan ishlar hudud iqtisodiyotining tarkibiy yangilanishini ta'minladi. Bugungi kunda Buxoro nafaqat sayyohlik markazi, balki sanoati, xizmat ko'rsatish sohasi va tadbirkorligi jadal rivojlanayotgan viloyat sifatida ham taraqqiy etmoqda. 2025-yil yakunlariga ko'ra yalpi hududiy mahsulot 86,6 trillion so'mga yetdi, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 41 million so'mdan oshdi.

Shu bilan birga, iqlim o'zgarishi, suv resurslarining cheklanganligi, texnologik transformatsiya va xalqaro bozorlardagi o'zgarishlar tizimli yechimlarni talab etuvchi yangi vazifalarni kun tartibiga qo'ymoqda. Ularni inobatga olgan holda «Buxoro — 2030» strategiyasi viloyatni yuqori qo'shilgan qiymatli sanoati, ziyorat va madaniy turizmi, zamonaviy xizmatlari, innovatsiyalari hamda raqamli iqtisodiyoti rivojlangan, aholining munosib turmush sifatini ta'minlaydigan Markaziy Osiyodagi raqobatbardosh hududga aylantirishga qaratilgan.

Strategiyada yalpi hududiy mahsulot va aholi daromadlarini sezilarli oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda gaz-kimyo, neft-gaz, qurilish, to'qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, mashinasozlik va kimyo tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, tashqi bozorlarda «Made in Bukhara» brendini mustahkamlash vazifalari belgilandi. Turizmga viloyat iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri sifatida alohida e'tibor qaratildi: sayyohlar oqimini sezilarli oshirish, tarixiy shahar muhitini asrash, zamonaviy servis infratuzilmasini yaratish va «24/7 Buxoro» konsepsiyasini amalga oshirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, ta'lim sifatini oshirish, sog'liqni saqlash sohasiga raqamli yechimlarni joriy etish, kambag'allikni qisqartirish, bandlikni ta'minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirish va muhandislik-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish vazifalari belgilab berildi. Har bir so'm investitsiya, har bir gektar yer, har bir kubmetr suv va har bir kilovatt-soat energiyaning iqtisodiy samaradorligini oshirish strategiyaning ustuvor tamoyillaridan biriga aylandi.

Strategiyaning tub yangiligi sifatida barcha hududlarga yagona yondashuvdan voz kechishni nazarda tutuvchi hududiy rivojlanishning funksional modeli joriy etildi. Unga muvofiq Buxoro shahri — xalqaro ziyorat va madaniy turizm, yuqori qo'shilgan qiymatli xizmatlar hamda kreativ iqtisodiyot markazi, Kogon — transport-logistika va sanoat xizmatlari markazi, G'ijduvon tumani — sanoat, hunarmandchilik va chorvachilik markazi, Qorako'l hamda Qorovulbozor tumanlari — gaz-kimyo, neft-gaz servisi va energetika markazi, Vobkent, Peshku va Shofirkon tumanlari — suvni tejovchi agrosanoat hududlari, Olot tumani — chegaraoldi savdosi va logistika markazi, To'dako'l turistik zonasi — zamonaviy turizm-rekreatsiya klasteri sifatida belgilandi.

Sessiya davomida deputatlar loyihaning maqsadli ko'rsatkichlarini, shuningdek, tuman va mahallalar kesimida nazarda tutilgan tadbirlarni muhokama qildilar. Muhokama yakunlari bo'yicha loyiha ma'qullandi va belgilangan tartibda tasdiqlashga kiritildi.

  • Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 2026-10-08
  • Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 2026-09-29
  • Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 2026-09-25
  • Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 2026-09-24
  • Byurokratiyasiz O‘zbekiston — taklifingiz islohotga aylanadi! 2026-09-21

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 08.10.2026

Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz?

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 29.09.2026

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 25.09.2026

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 24.09.2026

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari

← O‘zbekiston va Koreya Respublikasi ekspertlari davlat boshqaruvi samaradorligini baholash yondashuvlarini muhokama qildi Oldingi yangilik 02.07.2026

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi ekspertlari davlat boshqaruvi samaradorligini baholash yondashuvlarini muhokama qildi

Keyingi yangilik 25.07.2026

Jizzax viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi ko‘rib chiqildi

Jizzax viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi ko‘rib chiqildi →
«Buxoro – 2030»: Buxoro viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi

«Buxoro – 2030»: Buxoro viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi

24.07.2026 • 3 daq.
«Buxoro – 2030»: Buxoro viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi
Manba: https://asdr.uz/news/buxoro-2030-buxoro-viloyatida-hududni-rivojlantirish-strategiyasi-loyihasi-muhokama-qilindi  ·  © 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bo‘limlar
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Loyihalar
  • Matbuot markazi
  • Aloqa
  • «O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Aloqa
  • Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43
  • +998 71 203-03-08
  • info@asr.gov.uz
© 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami
100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish