Buxoro viloyatida hududning strategik rivojlanişi, belgilangan maqsad va körsatkiçlarning ijrosini ta’minlaş masalalariga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi.
Unda Buxoro viloyati hokimining birinçi örinbosari Jamşid Şaropov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktori örinbosari Tohirjon Safarov, şuningdek, tegişli taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Muloqotda Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş, hududning mavjud imkoniyat va salohiyatidan samarali foydalaniş, şuningdek, uzoq muddatli istiqbolga möljallangan strategik vazifalarni belgilaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, “Özbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni hudud miqyosida samarali amalga oşiriş, strategik körsatkiçlarga tölaqonli erişiş, ularning ijrosini muntazam tahlil qilib boriş hamda mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlab, tegişli çoralarni köriş yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, viloyatni rivojlantirişga qaratilgan strategik hujjatlarni sifatli va puxta işlab çiqiş, ularda hududlarning öziga xos xususiyatlari, mavjud resurslar va rivojlaniş imkoniyatlarini inobatga oliş muhimligi ta’kidlandi. Belgilangan vazifalarning ijrosini tizimli taşkil etiş va natijadorlikni doimiy monitoring qiliş masalalari ham muhokama qilindi.
Uçraşuv davomida Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi tomonidan işlab çiqilgan “Geoportal” tizimining imkoniyatlari ham namoyiş etildi. Mazkur tizim hududdagi ijtimoiy va kommunal obyektlar, infratuzilma, mavjud resurslar hamda ularga oid ma’lumotlarni yagona platformada jamlaş va tizimli aks ettiriş imkonini beradi.
“Geoportal”dan samarali foydalaniş orqali hududdagi obyektlar va infratuzilma holatini tahlil qiliş, mavjud muammolarni aniqlaş, rivojlaniş jarayonlarini monitoring qiliş hamda kelgusidagi loyihalarni rejalaştirişda zamonaviy raqamli yondaşuvlardan foydalaniş mumkinligi qayd etildi.
Yiğiliş yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegişli vazifalar belgilab berildi. “Özbekiston — 2030” strategiyasi doirasida belgilangan körsatkiçlarga erişiş, strategik hujjatlarning ijrosini ta’minlaş hamda amalga oşirilayotgan işlarni doimiy monitoring qilib boriş böyiça mas’ullarga aniq topşiriqlar berildi.












