Asosiy mazmunga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bosh sahifa / Yangiliklar / Hududiy strategiyalarni ishlab chiqish vazifalari belgilab olindi
21.05.2026 2 daq. 38 ko‘rilgan

Hududiy strategiyalarni ishlab chiqish vazifalari belgilab olindi

Hududiy strategiyalarni ishlab chiqish vazifalari belgilab olindi 1/3
Bosh sahifaga

Ulashish

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizni strategik rejalashtirish va rivojlantirish tizimidagi eng muhim hujjatdir. Aslida bu Prezident tomonidan jamiyatga taklif etilgan va jamiyat qo‘llab-quvvatlagan (3000 dan ortiq takliflar kelib tushgan) ijtimoiy shartnomadir. Uni tasdiqlash bo‘yicha joriy yil 16 fevralda qabul qilingan Prezident farmonida, jumladan, 2026 yilda ishlab chiqiladigan strategik rejalashtirish hujjatlari ro‘yxati keltirilgan. Shular ichida barcha 14 ta ma’muriy hudud – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarni 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Hududlarning taraqqiyot strategiyalari bundan buyon tarqoq turli investitsion, qurilish va tadbirkorlik tashabbuslari to‘plamigina emas, balki eng avvalo hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligiga, hudud geografiyasi va mavjud inson kapitali ustunliklariga tayangan uzoq muddatli, xalqning kutilmalariga javob beruvchi asosiy rejalashtirish va faoliyat yuritish xujjati deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida hududlar strategiyasini ishlab chiqish jarayonlarini tashkil etish borasidagi barcha tashkiliy masalalar belgilab berildi.
Xususan, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzurida vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda hududiy axborot-tahlil guruhlarining mas’ul xodimlaridan iborat shtab tashkil etildi.
Agentlikda ushbu mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hujjat loyihalarini tayyorlash tartib-tamoyillari belgilab olindi. Xususan:
- hududiy strategiyalarni ishlab chiqishda asl xalq qadriyatlari va kutilmalaridan kelib chiqish;
- hududiy strategiyalarni “O‘zbekiston – 2030” qoida tariqasida strategiyasida belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida shakllantirish;
- vazirlik va idoralar tasarrufidagi ma’lumotlar, tahliliy materiallar hamda takliflarni olish, ularning hududiy axborot-tahlil guruhlari bilan amaliy hamkorligini ta’minlash;
- hududlar kesimida mavjud holat, iqtisodiy salohiyat, tizimli muammolar va o‘sish nuqtalarini tahlil qilish, tahlil natijalari asosida aniq takliflar, istiqbolli loyihalar va amaliy chora-tadbirlarni shakllantirish;
- strategiyalarni tayyorlash jarayonida yagona metodologik yondashuvni ta’minlash, ularning mazmuni va sifatini muvofiqlashtirish.
Ayni paytda ham tahliliy, ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, Agentlik mutaxassislari viloyatlarga xizmat safarlariga borib, hududdagi imkoniyatlarni, kelgusi rejalarni va aholining kutilmalarini o‘rganmoqda.
Ushbu barcha tahlil va muhokamalar asosida, har tomonlama puxta, aniq va natijaga yo‘naltirilgan hududiy strategiyalar ishlab chiqiladi.

  • Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 2026-10-08
  • Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 2026-09-29
  • Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 2026-09-25
  • Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 2026-09-24
  • Byurokratiyasiz O‘zbekiston — taklifingiz islohotga aylanadi! 2026-09-21

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 08.10.2026

Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz?

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 29.09.2026

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 25.09.2026

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 24.09.2026

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari

← Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi Oldingi yangilik 20.05.2026

Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi

Keyingi yangilik 21.05.2026

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumining gʼoliblari aniqlandi

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumining gʼoliblari aniqlandi →
Hududiy strategiyalarni ishlab chiqish vazifalari belgilab olindi

Hududiy strategiyalarni ishlab chiqish vazifalari belgilab olindi

21.05.2026 • 2 daq.
Hududiy strategiyalarni ishlab chiqish vazifalari belgilab olindi
Manba: https://asdr.uz/news/hududiy-strategiyalarni-ishlab-chiqish-vazifalari-belgilab-olindi  ·  © 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bo‘limlar
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Loyihalar
  • Matbuot markazi
  • Aloqa
  • «O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Aloqa
  • Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43
  • +998 71 203-03-08
  • info@asr.gov.uz
© 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami
100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish