Asosiy mazmunga o‘tish
Агентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформ
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Агентство стратегического развития и реформ
Bosh sahifa / Yangiliklar / Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi
20.05.2026 2 daq.

Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi

Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi 1/3
Bosh sahifaga

Ulashish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 15-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kursi o‘tkazildi.

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu kurs hududlarni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyalarini sifatli ishlab chiqish va bu borada mas’ul xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratildi.

Maxsus dastur doirasida tinglovchilarning strategik fikrlash, tizimli tahlil, qat’iyat, jarayonlarni tashkil etish va natijaga yo‘nalganlik kabi muhim ko‘nikmalarini rivojlantirishga asosiy urg‘u berildi. Mashg‘ulotlar avvalida ishtirokchilarning strategik rejalashtirish dunyoqarashini baholash maqsadida dastlabki sotsiologik so‘rov va kirish testlari o‘tkazildi.

O‘quv dasturi davomida tinglovchilarga strategik rejalashtirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, tegishli hujjatlarni tayyorlash asoslari hamda strategik tafakkurni shakllantirishda ichki motivatsiyaning o‘rni mavzularida ma’ruzalar o‘qildi. Shuningdek, ishtirokchilar birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali strategik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish, ularning sifatini tekshirish va monitoring qilish uslubiyatini batafsil o‘zlashtirdilar.

Kursning amaliy qismida davlat rahbarining topshiriqlari ijrosini ta’minlash va rahbarlar mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tinglovchilar orttirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash maqsadida ikkita yirik keys ustida ishladilar:

— Buxoro viloyati misolida, qabul qilingan strategik hujjatlar ijrosini monitoring qilish va hisobotlarni o‘rganish jarayoni tahlil qilindi;

— Qashqadaryo viloyati misolida, hududni rivojlantirish bo‘yicha yangi strategik hujjat loyihasini mustaqil ishlab chiqish yuzasidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilarning dunyoqarashidagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun yakuniy sotsiologik so‘rov va bilim darajasini tekshiruvchi yakuniy test sinovlari tashkil etildi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

So‘nggi yangiliklar

  • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 2026-08-21
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 2026-08-21
  • Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 2026-08-21
  • «Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 2026-08-19
  • Toshkent viloyati strategiyasi hududning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan 2026-08-17

Agentlik yangiliklariga obuna bo‘ling

Eng muhim yangiliklar va tahliliy materiallarni pochtangizga oling.

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 21.08.2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 21.08.2026

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 21.08.2026

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 19.08.2026

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi

← “Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida xalqaro seminar-trening boshlandi Oldingi yangilik 12.05.2026

“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida xalqaro seminar-trening boshlandi

Hududiy strategiyalarni ishlab chiqish vazifalari belgilab olindi Keyingi yangilik 21.05.2026

Hududiy strategiyalarni ishlab chiqish vazifalari belgilab olindi

→
Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi

Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi

20.05.2026 • 2 daq.
Hokimliklar axborot-tahlil guruhlari rahbarlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil qilindi
Manba: https://asdr.uz/news/hokimliklar-axborot-tahlil-guruhlari-rahbarlari-uchun-maxsus-oquv-kursi-tashkil-qilindi  ·  © 2026 Агентство стратегического развития и реформ
Агентство стратегического развития и реформ
Разделы
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Matbuot markazi
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Aloqa
© 2026 Агентство стратегического развития и реформ

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami 100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish

O‘qish rejimi bannerlar va ustunlarni olib tashlaydi: faqat sahifa matni qoladi.

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va saytning barcha sahifalarida amal qiladi.