Asosiy mazmunga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bosh sahifa / Yangiliklar / «Navoiy – 2030» strategiyasi loyihasi muhokamasi
05.08.2026 2 daq. 52 ko‘rilgan

«Navoiy – 2030» strategiyasi loyihasi muhokamasi

«Navoiy – 2030» strategiyasi loyihasi muhokamasi 1/4
Bosh sahifaga

Ulashish

Navoiy viloyati xalq deputatlari Kengashi sessiyasida «Navoiy – 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi. Hujjat Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan viloyat hokimligi hamda soha idoralari bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Strategiyaning bosh g‘oyasi — viloyatning sanoat quvvatini real farovonlikka yo‘naltirishdan iborat. 2030-yilga borib Navoiy viloyatini yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan, eksport va «aqlli shahar» boshqaruvi bo‘yicha mintaqaviy yetakchi, kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish ko‘zda tutilgan. Hujjatda belgilangan har bir maqsad aniq raqam, muddat va mas’ul idora bilan mustahkamlangan, ijro jarayonini esa har bir fuqaro raqamli platforma orqali «yashil – sariq – qizil» tizimida ochiq kuzatib borishi mumkin.

2025-yil yakunida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 13,4 milliard dollarga, jon boshiga esa 12 ming dollarga yetdi. Shu bilan birga, muhokama chog‘ida mavjud muammolar ham ochiq tan olindi. Ayrim kommunal va suv-oqova tarmoqlarining eskirgani, shuningdek, shaharlarda aholi jon boshiga atigi 1,9 kvadrat metr yashillik to‘g‘ri kelishi qayd etildi.

Strategiyaning iqtisodiy yo‘nalishi xomashyo sotishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishni nazarda tutadi,  bu viloyatda yangi korxonalar, yangi ish o‘rinlari va yuqoriroq maosh demakdir. Sanoat Navoiy – Zarafshon – Uchquduq yo‘nalishi bo‘ylab chekka tumanlarga ham yoyiladi, toki aholi ish izlab boshqa yurtga ketmasdan, o‘z tumanida, oilasi yonida barqaror daromad topa olsin. Eksportchi korxonalar sonini 225 taga, eksport qilinadigan mahsulot turlarini esa 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Strategiyaning ijtimoiy o‘zagi — kambag‘allikka barham berish va bandlikni ta’minlashdir. Mutlaq kambag‘allik darajasi 4,2 foizdan nolga tushiriladi, ishsizlik 2 foizgacha kamaytiriladi, ehtiyojmand xotin-qizlar soni 29 mingdan 9 mingga qisqaradi. Kundalik hayotga taalluqli aniq marralar ham belgilangan: ichimlik suvi bilan ta’minlash 91 foizga yetkaziladi, har yili 6,2 ming xonadon uy-joy quriladi, 2 088 kilometr yo‘l qurilib ta’mirlanadi, 180 ta yangi avtobus va elektrobus yo‘lga chiqadi, intellektual svetofor tizimi joriy etiladi.

Ekologik masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan: o‘rmon bilan qoplangan maydonlar 63 ming gektarga kengaytirilib, 70,5 million tup daraxt ekiladi, jon boshiga yashil maydon 1,9 kvadrat metrdan 4,4 kvadrat metrga oshiriladi, suv yo‘qotishi esa 35 foizdan 20 foizga kamaytiriladi.

Belgilangan marralarga erishish hokimlik, deputatlar, tadbirkorlar va har bir fuqarodan birgalikdagi mehnatni talab etadi.

  • Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 2026-10-08
  • Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 2026-09-29
  • Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 2026-09-25
  • Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 2026-09-24
  • Byurokratiyasiz O‘zbekiston — taklifingiz islohotga aylanadi! 2026-09-21

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 08.10.2026

Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz?

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 29.09.2026

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 25.09.2026

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 24.09.2026

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari

← “Samarqand – 2030” strategiyasi loyihasi xalq deputatlariga maʼqul boʻldi Oldingi yangilik 04.08.2026

“Samarqand – 2030” strategiyasi loyihasi xalq deputatlariga maʼqul boʻldi

Keyingi yangilik 10.08.2026

“Sirdaryo – 2030” strategiyasi loyihasi ma’qullandi

“Sirdaryo – 2030” strategiyasi loyihasi ma’qullandi →
«Navoiy – 2030» strategiyasi loyihasi muhokamasi

«Navoiy – 2030» strategiyasi loyihasi muhokamasi

05.08.2026 • 2 daq.
«Navoiy – 2030» strategiyasi loyihasi muhokamasi
Manba: https://asdr.uz/news/navoiy-2030-strategiyasi-loyihasi-muhokamasi  ·  © 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bo‘limlar
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Loyihalar
  • Matbuot markazi
  • Aloqa
  • «O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Aloqa
  • Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43
  • +998 71 203-03-08
  • info@asr.gov.uz
© 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami
100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish