Asosiy mazmunga o‘tish
Агентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформ
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Агентство стратегического развития и реформ
Bosh sahifa / Yangiliklar / “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi
21.08.2026 4 daq. 18 ko‘rilgan

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 1/8
Bosh sahifaga

Ulashish

21-avgust kuni Toshkentda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosining joriy yil birinchi yarmidagi monitoringi natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, “Yuksalish” harakati va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son farmoni bilan tasdiqlangan. Ushbu farmonga muvofiq, Strategiyadagi samaradorlik koʻrsatkichlarining monitoringi Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali yuritilmoqda.

 

O‘tgan 6 oyda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan ushbu raqamli platforma ishga tushirildi. Unga 70 dan ortiq vazirlik, idora va tashkilot ulangan, ma'lumotlarni kiritish va monitoring qilish tartibi yo‘lga qo‘yilgan.

I yarim yillikda ijro muddati kelgan 206 ta koʻrsatkich baholandi. Uning yakunlariga ko‘ra, 162 ta ko‘rsatkich (79 foiz) o‘z vaqtida va to‘liq erishilgan. 35 tasini bajarish imkoni bor. 9 ta ko‘rsatkichning ijrosi kechikayotgani ko‘rindi.

Yo‘nalishlar kesimida ijro darajasi quyidagicha: “Qonun ustuvorligi” – 93 foiz, “Inson salohiyati” – 85 foiz, “Suv va ekologiya” – 79 foiz, “Xavfsiz davlat” – 77 foiz, “Barqaror iqtisodiy o‘sish” – 70 foiz.

Agentlik baholash yakunlari bo‘yicha yetakchilarni ham aniq belgilab berdi. Barcha ko‘rsatkichlarni to‘liq bajargan idoralar qatorida Adliya vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar ishlari qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qayd etildi. Ushbu tashkilotlar xodimlarini rag‘batlantirish taklif qilindi.

Agentlik tahlili islohotlarning amaliy samarasi aholi turmush sharoitlari va sifatining yaxshilanishida aks etishini ko‘rsatdi:


  • ijtimoiy xizmatlarning raqamlashtirilish darajasi 78 foizga yetkazildi, ularni kutish muddati 18 kundan 10 kunga qisqartirildi;

  • ijtimoiy karta bilan ta'minlangan fuqarolar soni 659 mingdan 1,1 millionga (1,7 baravar) oshdi;

  • kompozit va proaktiv davlat xizmatlari soni 89 tadan 161 taga, soddalashtirilgan tartib-taomillar soni 150 tadan 204 taga ko‘paydi;

  • notariat va FHDYo bo‘yicha onlayn xizmatlar ulushi uch baravardan ko‘proqqa oshdi;

  • xalqaro til imtihonlari xarajatlari qoplab berilgan yoshlar soni 24,1 mingga (15 mingga nisbatan) yetdi;

  • turizm sohasida xorijiy sayyohlar soni 6,2 million kishiga, turistik xizmatlar eksporti esa 2,64 milliard AQSh dollariga yetdi.


Agentlik shuningdek yil yakuni bo‘yicha baholanadigan 218 ta ko‘rsatkichning oylik dinamikasini tahlil qildi: ulardan 118 tasi bo‘yicha maqsadga erishish ehtimoli yuqori bo‘lib, bu yil yakuni bo‘yicha ham ijobiy natijani kutish imkonini beradi.

Qisqa muddatda mamlakatda zamonaviy, raqamli va o‘lchanadigan strategik boshqaruv tizimi yaratildi, Agentlik esa uning metodologik va tashkiliy o‘zagiga aylandi. Har bir maqsad aniq idoraga, aniq muddatga va aniq raqamga bog‘langan. Belgilangan barcha ko‘rsatkichlar ijrosini yil oxirigacha to‘liq ta'minlash bo‘yicha ish izchil va tizimli tarzda davom ettiriladi.

Agentlik strategiya ijrosini ta’minlashda davlat organlari bilan faol hamkorlikni bundan buyon ham izchil davom ettiradi. Har bir vazirlik, idora va tashkilot bilan bevosita ish yuritilib, ko‘rsatkichlar ijrosidagi holat muntazam ravishda birgalikda ko‘rib boriladi.

Shu bilan birga, Agentlik strategiya ijrosidagi muammo va to‘siqlarni o‘z vaqtida aniqlashga alohida e’tibor qaratadi. Raqamli platforma imkoniyatlaridan foydalangan holda ijrosi kechikayotgan yoki xavf ostidagi ko‘rsatkichlar erta bosqichda aniqlanib, ularning sabablari chuqur tahlil qilinadi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli davlat organlari bilan birgalikda amaliy yechimlar ishlab chiqiladi va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Bunday yondashuv strategik maqsadlarga to‘liq va o‘z vaqtida erishilishini kafolatlaydi.

So‘nggi yangiliklar

  • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 2026-08-21
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 2026-08-21
  • Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 2026-08-21
  • «Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 2026-08-19
  • Toshkent viloyati strategiyasi hududning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan 2026-08-17

Agentlik yangiliklariga obuna bo‘ling

Eng muhim yangiliklar va tahliliy materiallarni pochtangizga oling.

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 21.08.2026

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 21.08.2026

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 19.08.2026

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi

Toshkent viloyati strategiyasi hududning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan 17.08.2026

Toshkent viloyati strategiyasi hududning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan

← Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv Oldingi yangilik 21.08.2026

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi

21.08.2026 • 4 daq.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi
Manba: https://asdr.uz/news/ozbekiston-2030-strategiyasining-2026-yil-birinchi-yarim-yillikdagi-ijrosi-boyicha-axborot-berildi  ·  © 2026 Агентство стратегического развития и реформ
Агентство стратегического развития и реформ
Разделы
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Matbuot markazi
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Aloqa
© 2026 Агентство стратегического развития и реформ

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami 100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish

O‘qish rejimi bannerlar va ustunlarni olib tashlaydi: faqat sahifa matni qoladi.

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va saytning barcha sahifalarida amal qiladi.