Asosiy mazmunga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bosh sahifa / Yangiliklar / Sanoat turizmini rivojlantirish choralari o‘rganilmoqda
29.04.2026 3 daq. 8 ko‘rilgan

Sanoat turizmini rivojlantirish choralari o‘rganilmoqda

Sanoat turizmini rivojlantirish choralari o‘rganilmoqda 1/3
Bosh sahifaga

Ulashish

Sanoat turizmiga iqtisodiyotning turli tarmoqlariga  iqtidorli mutaxassislarni jalb qilishning muhim manbai sifatida qaraladi. Xususan, Germaniyada BMW, Volkswagen, Siyemens, AQShda Boing, Tesla, Apple, Yaponiyada Toyota, Sony, Canon kabi kompaniyalarning zavodlarini borib aholining turli tabaqalari ko‘rish yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda qariyb 60 mingta sanoat korxonasi bor. Ayniqsa, yengil sanoat, tog‘-kon, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlari yaxshi rivojlangan.

Lekin zarur tashkiliy va rag‘batlantiruvchi choralar ko‘rilmagani sababli ishlab chiqaruvchilar sanoat turizmiga qiziqish bildirmayapti. Aksar korxonalarda sayyohlarni qabul qilish va ekskursiyalarni tashkillashtirish tajribasi yo‘q. Sanoat zavodlariga tashrif turistlar, yoshlar o‘rtasida ommalashmagan.

Shu bois Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “Sanoat turizmini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Bunda asosiy maqsadlar:

yosh avlodni texnik kasblarga qiziqishini uyg‘otish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish;

mahalliy ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarning nufuzini oshirish va “Made in Uzbekistan” brendini ommalashtirish;

“ochiq” sanoat korxonalarni ommalashtirish, iste’molchilarning ishlab chiqarilgan mahsulot, tovarlar va xizmatlarga ishonchini shakllantirishdir.

Sanoat turizmida ishtirok etayotgan yirik sanoat korxonalarini rag‘batlantirish hamda bu yo‘nalishdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

sanoat turizmi reyestriga kiritilgan korxonalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi telekanallarining praym-taym efir vaqtida o‘z mahsulotlarini reklama qilishda 50 foiz miqdorida chegirma berish;

sanoat turizmi dasturida ishtirok etayotgan sanoat korxonalarning marketing xarajatlari eksport xarajatlari sifatida hisobga olish taklif etilmoqda.

Agentlik xodimlari sanoat turizmi yo‘nalishida Toshkent metallurgiya zavodidagi sharoit va imkoniyatlarni o‘rganib chiqdi. U yerda zamonaviy texnologiyalar asosida metall list mahsulotlari ishlab chiqariladi. Barcha bosqichlarda ekologik toza uskunalar va yopiq siklda ishlovchi suv ta’minoti joriy etilgan. Chiqindilar ham qayta ishlashga yo‘naltiriladi.

Mazkur korxona sanoat turizmini rivojlantirishda namunaviy manzil bo‘la oladi. Jumladan, maktab o‘quvchilari va talabalar, mahalliy va xorijiy turistlar uchun qiziqarli ekskursiya ishlab chiqilgan. Ularga metallni qayta ishlash jarayonlarining barcha bosqichlarini — sovuq prokatlashdan tortib, polimer qoplama berishgacha bo‘lgan jarayonlarni kuzatish imkoniyati yaratilgan. Bunda tajribali gidlar har bir bosqichni atroflicha tushuntirib beradi. Bu turistlarni mamlakatimizning sanoat salohiyati bilan tanishtirish, yoshlarni sanoatga qiziqtirish va kasbga yo‘naltirishda juda muhim.

Zavodga tashrif chog‘ida mutasaddi va mutaxassislar bilan shu borada fikr almashildi. Sanoat turizmiga to‘siq bo‘layotgan masalalar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Shu kabi muloqot va tahlillar sanoat turizmini rivojlantirishga asos bo‘ladi.

  • Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 2026-10-08
  • Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 2026-09-29
  • Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 2026-09-25
  • Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 2026-09-24
  • Byurokratiyasiz O‘zbekiston — taklifingiz islohotga aylanadi! 2026-09-21

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 08.10.2026

Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz?

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 29.09.2026

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 25.09.2026

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 24.09.2026

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari

← Global o‘zgarishlar instituti bilan 2026 yilgi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi Oldingi yangilik 28.04.2026

Global o‘zgarishlar instituti bilan 2026 yilgi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Keyingi yangilik 08.05.2026

→
Sanoat turizmini rivojlantirish choralari o‘rganilmoqda

Sanoat turizmini rivojlantirish choralari o‘rganilmoqda

29.04.2026 • 3 daq.
Sanoat turizmini rivojlantirish choralari o‘rganilmoqda
Manba: https://asdr.uz/news/sanoat-turizmini-rivojlantirish-choralari-organilmoqda  ·  © 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bo‘limlar
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Loyihalar
  • Matbuot markazi
  • Aloqa
  • «O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Aloqa
  • Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43
  • +998 71 203-03-08
  • info@asr.gov.uz
© 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami
100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish