Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligida Barqaror rivojlaniş yeçimlari tarmoği (Sustainable Development Solutions Network, SDSN) vitse-prezidenti Giyom Lafortyun boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi.
Mehmonlar Agentlikning strategik rejalaştiriş, «Özbekiston – 2030» strategiyasi ijrosini monitoring qiliş hamda mamlakatning uzoq muddatli ustuvor yönalişlarini belgilaş borasidagi faoliyati bilan taniştirildi.
Uçraşuvda mamlakatning kelajakdagi taraqqiyot istiqbollari, inson kapitalini rivojlantiriş, ta’lim sifatini oşiriş, raqobatbardoş iqtisodiyot barpo etiş va aholi farovonligini yuksaltiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
SDSN vakillari Özbekistonning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş borasidagi yutuqlarini baholaş böyiça olib borilayotgan işlar, şuningdek, taşkilotning uzoq muddatli prognozlaş va ssenariyli modellaştiriş sohasidagi imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Bundan taşqari, mintaqaviy integratsiya, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi farovonligini baholaş va xalqaro ekspertlik salohiyatidan foydalaniş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Tomonlar tahliliy tadqiqotlar, strategik prognozlaş, mutaxassislar malakasini oşiriş va tajriba almaşiş yönalişlarida hamkorlik qiliş istiqbollarini körib çiqdi.
Uçraşuv yakunida hamkorlikning aniq şaklini belgilaş maqsadida muloqotni davom ettirişga kelişib olindi.





