Farğona şahrida strategik rejalaştiriş salohiyatini oşiriş böyiça seminar bölib ötdi. Unda Farğona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari vakillari, tuman va şahar hokimlari örinbosarlari, axborot-tahlil bölinmalari hamda mahalla uyuşmasi mutasaddilari iştirok etdi.
Tadbir Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi, Qonunçilik va huquqiy siyosat instituti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan IHTTning “Davlat boşqaruvi şarhi” loyihasining ikkinçi bosqiçi doirasida taşkil etildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi 21-sonli farmoniga muvofiq uç viloyatni 2030-yilgaça rivojlantiriş strategiyalari loyihalari işlab çiqilgan. Ularda Andijon viloyati uçun sanoat va eksportni rivojlantiriş, Farğona viloyati uçun yuqori qöşilgan qiymatli sanoat, qayta işlaş va eksportni diversifikatsiya qiliş, Namangan viloyati uçun kambağallikni qisqartiriş va yoşlar bandligini oşiriş ustuvor vazifa etib belgilangan.
IHTT tahlilçisi Saymon Kallevaert, GIZ vakili doktor Viktor Kessler, Agentlik şöba mudiri Baxtiyor Normirzayev va boşqalar “Özbekiston — 2030” strategiyasi maqsadlarini hududiy rejalar bilan uyğunlaştiriş, hudud xususiyatlaridan kelib çiqib körsatkiçlarni belgilaş va strategiyalar ijrosini monitoring qiliş böyiça xalqaro tajribani taqdim etdi. Hududiy tahlil, iqtisodiy ixtisoslaşuv, infratuzilma, demografiya va kadrlar salohiyatini baholaş usullari muhokama qilindi.
Amaliy sessiyalarda iştirokçilar Farğona viloyati misolida milliy maqsadlarga qöşiladigan hissa, zarur moliyaviy va kadrlar resurslari, maqsadli körsatkiçlar hamda natijalar monitoringi böyiça guruhlarda işladi.
“Davlat boşqaruvi şarhi” loyihasining ikkinçi bosqiçi strategik rejalaştiriş va siyosatni muvofiqlaştiriş, nomarkazlaştiriş, ma’lumotlarga asoslangan siyosat işlab çiqiş hamda natijadorlikni boşqariş yönalişlarini qamrab oladi.










