Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligida Global özgarişlar institutining katta direktori Anand Pillai va katta menejeri Keytlin Koyl bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda tomonlar hamkorlikning oraliq natijalarini sarhisob qilib, kelgusi davr uçun rejalarni belgilab oldi.
Toni Bler nomidagi Global özgarişlar instituti (TBI) — Buyuk Britaniyaning sobiq Boş vaziri ser Toni Bler tomonidan asos solingan xalqaro notijorat taşkilot bölib, 40 dan ortiq mamlakat hukumatlariga davlat boşqaruvi, raqamli transformatsiya va iqtisodiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatlar beradi. Institut 2025-yildan buyon Özbekistondagi islohotlarga ekspert kömagini körsatib kelmoqda.
Hamkorlik davomida strategik rejalaştiriş, xalqaro kommunikatsiyalar va kadrlar salohiyatini rivojlantiriş, jumladan, sun’iy intellekt sohasida bir qator qöşma loyihalar amalga oşirildi.
Hozirgi vaqtda tomonlar farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda mahalliy IT-sanoatni xalqaro bozorga olib çiqişga qaratilgan yangi qöşma loyihalarga tayyorgarlik körmoqda.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Toni Bler bilan uçraşuvi yakunlariga köra belgilangan yangi yönalişlar alohida muhokama qilindi. Ular qatorida uzoq muddatli konsepsiyalar işlab çiqişda ekspert kömagi, strategik kommunikatsiyalarni rivojlantiriş, şuningdek, mavjud raqamli infratuzilmani inobatga olgan holda sun’iy intellekt va ma’lumotlarni boşqariş sohasida normativ-huquqiy bazani şakllantiriş bor.
Loyihalarni samarali amalga oşiriş maqsadida tomonlar muntazam uçraşuvlar ötkaziş, har bir yönaliş böyiça mas’ul şaxslarni biriktiriş hamda natijalar va muddatlar ijrosini yagona tartibda monitoring qilib borişga kelişib oldi.





