Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasida strategik rejalaştiriş va rivojlaniş, tahlil hamda natijadorlikni boşqariş böyiça navbatdagi öquv kursi boşlandi. Bundan asosiy maqsad — davlat organlarida strategik boşqaruv jarayonlarini samarali taşkil etiş, trategik rejalarni aniq natijalar bilan boğlaş, körsatkiçlarni sifatli şakllantiriş hamda ularni monitoring qiliş böyiça amaliy bilimlarni mustahkamlaşdan iborat. Öquv kursida vazirlik va idoralarning strategik rejalaştiriş bölinmalari hamda hududiy axborot-tahlil guruhlarining xodimlari iştirok etmoqda. Öquv dasturi strategik rejalaştirişning asosiy tamoyillari bilan bir qatorda quyidagi yönalişlarni qamrab olmoqda:
- strategik tahlil va ma’lumotlar asosida xulosa hamda takliflar işlab çiqiş;
- strategik maqsad va vazifalarni töğri şakllantiriş;
- samaradorlik va KPI körsatkiçlarini belgilaş;
- maqsadli körsatkiçlarning joriy holatini tahlil qiliş;
- strategik hujjatlarni işlab çiqiş va özaro muvofiqlaştiriş;
- strategik hujjatlar ijrosini monitoring qiliş;
- natijadorlikni baholaş va tahlil natijalaridan boşqaruv qarorlarida
Maşğulotlar davomida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyğunlaştiriş maqsadida amaliy keyslar, tahliliy topşiriqlar, guruhli muhokamalar va turli boşqaruv vaziyatlariga asoslangan maşqlardan foydalanilmoqda. «Özbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan maqsadlarni samarali amalga oşiriş davlat organlarida strategik rejalaştiriş va tahlil salohiyatini rivojlantirişni talab etadi. Mazkur maxsus öquv kursi ham ana şu vazifalarning uzviy davomi bölib, davlat organlarida strategik fikrlaş, dalillarga asoslangan tahlil, natijadorlikka yönaltirilgan boşqaruv va strategik maqsadlarga erişiş uçun mas’uliyatli yondaşuvni yanada kuçaytirişga xizmat qiladi. Bunday öquv kurslari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi «Strategik rejalaştiriş va rivojlaniş tizimini joriy etiş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi 201-sonli Farmoniga muvofiq muntazam taşkil etib kelinmoqda.






