Asosiy mazmunga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bosh sahifa / Yangiliklar / Uzbekistan Government Quality Award dasturining uchinchi bosqichi yakunlari sarhisob qilindi
21.04.2026 3 daq. 25 ko‘rilgan

Uzbekistan Government Quality Award dasturining uchinchi bosqichi yakunlari sarhisob qilindi

Uzbekistan Government Quality Award dasturining uchinchi bosqichi yakunlari sarhisob qilindi 1/3
Bosh sahifaga

Ulashish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan davlat organlari faoliyati samaradorligini baholashni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, bunda asosiy mezon ularning kundalik faoliyati aholining kutishlariga qanchalik javob berishidir. Ushbu kutishlar har bir davlat organining funksiyalari va vakolatlarida o‘z aksini topadi hamda baholash mezonlarini shakllantiradi. Asosiy ko‘rsatkich sifatida idoralarning aholi bilan ochiq muloqot olib borish qobiliyati, fuqarolarning kundalik ehtiyojlarini inobatga olishi hamda davlat xizmatlarining qulayligi va ochiqligini ta’minlashi belgilanadi.

Shu maqsadda davlat tomonidan natijalarni xolis baholash, shaffoflik va davlat organlarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy institutlar va baholash mexanizmlari joriy etilmoqda. Avval xabar qilinganimizdek, bunday vositalardan biri sifatida Uzbekistan Government Quality Award dasturi joriy etilgan bo‘lib, u 2019 yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

2026 yil fevral oyida dasturining navbatdagi — uchinchi baholash bosqichiga start berildi. 2026 yil mart–aprel oylarida baholashning asosiy bosqichi amalga oshirilib, davlat boshqaruvi organlariga tashriflar tashkil etildi. Baholovchi guruhlar 41 ta vazirlik, qo‘mita va agentlikka tashrif buyurib, ma’sul xodimlar va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashriflar davomida taqdim etilgan ma’lumotlar tekshirildi, boshqaruv va operatsion jarayonlar tahlil qilindi hamda ma’sul xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Baholash to‘rtta asosiy yo‘nalishni qamrab oldi, ular faoliyat samaradorligi, davlat xizmatlari sifati, boshqaruv jarayonlari darajasi va innovatsion yechimlarni joriy etish darajasi. Asosiy e’tibor zamonaviy boshqaruv yondashuvlarining amaliy joriy etilishi hamda idoralar faoliyatidagi real o‘zgarishlar, jumladan xizmatlar sifati, ochiqlik va aholi bilan o‘zaro aloqalar amaliyotiga qaratildi.

Muhimi shundaki, baholash xalqaro standartlar asosida tashkil etildi va fuqarolar uchun sezilarli natijalarga yo‘naltirildi. Avvalgi bosqichlarda dastur o‘z samaradorligini namoyon etdi, loyihalar to‘liq raqamlashtirildi, vazirliklarda samarali boshqaruv bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi hamda nominatsiyalar doirasi kengaytirildi.

Uchinchi bosqich yakunlari bo'yicha g'oliblar uchta asosiy yo'nalishda aniqlandi.

"Eng yaxshi vazirlik" nominatsiyasida g`oliblar yettita yo'nalish bo'yicha aniqlandi:


  • ko'zlangan strategik maqsadlarni amalga oshirishdagi eng yaxshi natijalar uchun

  • asosiy funksiyalar doirasida innovatsiyalarni joriy etish uchun

  • davlat xizmatlarini ko'rsatish sifati uchun

  • resurslarni samarali boshqarish uchun

  • inson kapitalini rivojlantirish uchun va boshqa bir qator yo'nalishlar bo'yicha;


"Rahbarlik mukofoti" nominatsiyasida:

  • Namunali vazir o'rinbosari

  • Namunali bosh direktor

  • Namunali qo'mita yoki inspeksiya rahbari yo`nalishlari bo`yicha;


Individual nominatsiyalarda:

  • Namunali ixtisoslashgan xodim

  • Namunali ayol xodim

  • Namunali inson resurslari bo'yicha mutaxassis

  • Namunali ma'muriy va boshqaruv xodimi

  • Namunali iste'dodli yosh xodim


Baholash jarayonlariga milliy va xalqaro ekspertlar jalb etildi, bu esa natijalarning mustaqilligi va xolisligini ta'minladi.

  • Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 2026-10-08
  • Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 2026-09-29
  • Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 2026-09-25
  • Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 2026-09-24
  • Byurokratiyasiz O‘zbekiston — taklifingiz islohotga aylanadi! 2026-09-21

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 08.10.2026

Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz?

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 29.09.2026

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 25.09.2026

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 24.09.2026

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari

← Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Jahon banki Milliy fazoviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi Oldingi yangilik 17.04.2026

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda Jahon banki Milliy fazoviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi

Keyingi yangilik 22.04.2026

Davlat xizmatchilari strategik rejalashtirish va boshqaruv sohasida malaka oshirmoqda

Davlat xizmatchilari strategik rejalashtirish va boshqaruv sohasida malaka oshirmoqda →
Uzbekistan Government Quality Award dasturining uchinchi bosqichi yakunlari sarhisob qilindi

Uzbekistan Government Quality Award dasturining uchinchi bosqichi yakunlari sarhisob qilindi

21.04.2026 • 3 daq.
Uzbekistan Government Quality Award dasturining uchinchi bosqichi yakunlari sarhisob qilindi
Manba: https://asdr.uz/news/uzbekistan-government-quality-award-dasturining-uchinchi-bosqichi-yakunlari-sarhisob-qilindi  ·  © 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bo‘limlar
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Loyihalar
  • Matbuot markazi
  • Aloqa
  • «O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Aloqa
  • Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43
  • +998 71 203-03-08
  • info@asr.gov.uz
© 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami
100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish