Asosiy mazmunga o‘tish
Агентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформ
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Агентство стратегического развития и реформ
Bosh sahifa / Yangiliklar / «Xorazm – 2030»: strategiya hududda odamlar hayotini qanday oʻzgartiradi?
13.08.2026 3 daq. 5 ko‘rilgan

«Xorazm – 2030»: strategiya hududda odamlar hayotini qanday oʻzgartiradi?

«Xorazm – 2030»: strategiya hududda odamlar hayotini qanday oʻzgartiradi? 1/3
Bosh sahifaga

Ulashish

Yangi ish oʻrni, oila daromadining oshishi, farzand uchun sifatli taʼlim va uydan uzoqda bo‘lmagan munosib mehnat sharoiti. «Xorazm — 2030» rivojlanish strategiyasi aynan shu kundalik ehtiyojlardan boshlanadi. Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasida muhokama qilingan loyihaning oʻzagida bitta savol turadi: har bir belgilangan marra oddiy xorazmlik hayotida qanday aks etadi?

Strategiya Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tayyorlangan. Sessiyada Agentlik direktori oʻrinbosari Tohirjon Safarov soʻzga chiqib, hujjatning iqtisodiy yoʻnalishi va aholi uchun kutilayotgan amaliy natijalar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Asosiy vazifa – iqtisodiy oʻsishni fuqarolar qoʻlidagi ish haqiga, oila dasturxonidagi farovonlikka aylantirish. Buning uchun hudud xomashyo sotishdan, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga oʻtadi. Toʻqimachilik, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatida yangi korxonalar ochiladi. Natijada 2025-yilda 5 milliard dollarni tashkil etgan yalpi hududiy mahsulotni 2030-yilgacha 9,1 milliard dollarga, qariyb ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan.

Xorazmning qulay geografiyasi, Turkmaniston bilan chegaradoshlik, Qoraqalpogʻiston orqali Qozogʻiston va Rossiya bozorlariga chiqish imkoniyati  eksportni kengaytirishga xizmat qiladi. 2030-yilgacha eksport hajmini 1,2 milliard dollarga yetkazish, eksport geografiyasini esa 55 ta davlatga kengaytirish koʻzda tutilgan.

Ayniqsa, yoshlar uchun imkoniyatlar kengayadi. Anʼanaviy sohalar bilan cheklanib qolmasdan, IT va zamonaviy kasblar yangi daromad manbaiga aylanadi,  yoshlar oʻz shahridan turib jahon bozori uchun ishlashi mumkin boʻladi. Rejaga koʻra, IT sohasida 17 ming nafar yosh ish bilan taʼminlanadi, 260 ming nafar yosh zamonaviy kasblarga oʻqitiladi.

Kundalik turmush sifati ham strategiyaning markazida. Har yili 9 mingdan ortiq xonadonli uy-joylar quriladi, 5 ming 520 kilometr avtomobil yoʻllari taʼmirlanadi, jamoat transportida elektrobuslar ulushi 50 foizga yetkaziladi. Maktabgacha taʼlim qamrovi 85,5 foizga, oliy taʼlim qamrovi 54 foizga oshiriladi, shifoxonalar toʻliq raqamlashtiriladi, oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 78 yoshga yetkaziladi. Eng nozik masala, kambagʻallik alohida nazoratga olingan.  Mutlaq kambagʻallik koʻrsatkichi 1,2 foizga tushiriladi va ehtiyojmand oilalar manzilli qoʻllab-quvvatlanadi.

Turizm esa koʻplab oilalar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri daromadga aylanadi. Xiva va uning tarixiy merosiga kelayotgan sayyohlar oqimi mehmonxona, milliy taomlar, hunarmandchilik va transport xizmatlariga talabni oshiradi. 2030-yilgacha xorijiy sayyohlar sonini 4,5 millionga, mahalliy sayyohlar sonini 13,5 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Sayyoh viloyatda uzoqroq qolishi va koʻproq xizmatdan foydalanishi uchun sharoit yaratiladi. Bu esa oshpaz, hunarmand, gid va kichik tadbirkor daromadining oʻsishi demakdir.

2030-yilgacha yashil maydonlar ulushi 30 foizga yetkazilib, 4 ming 450 gektar yangi yashil hududlar barpo etiladi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi esa 54 foizga oshiriladi. Quruq iqlimli voha uchun suvdan oqilona foydalanish alohida ustuvor vazifa etib belgilangan.

Muhimi, aholi bu jarayondan chetda qolmaydi. Strategiyadagi har bir maqsad aniq muddat va masʼul ijrochi bilan mustahkamlangan, ijro natijalari esa har yili ochiq eʼlon qilib boriladi. 2028-yilda oraliq baholash oʻtkaziladi. Shu tariqa har bir xorazmlik vaʼda qilingan oʻzgarishlar oʻz mahallasiga qachon va qanday yetib kelayotganini kuzatib borishi mumkin.

 

So‘nggi yangiliklar

  • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 2026-08-21
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 2026-08-21
  • Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 2026-08-21
  • «Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 2026-08-19
  • Toshkent viloyati strategiyasi hududning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan 2026-08-17

Agentlik yangiliklariga obuna bo‘ling

Eng muhim yangiliklar va tahliliy materiallarni pochtangizga oling.

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 21.08.2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 21.08.2026

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 21.08.2026

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 19.08.2026

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi

← «Qashqadaryo – 2030» strategiyasi muhokama qilindi Oldingi yangilik 12.08.2026

«Qashqadaryo – 2030» strategiyasi muhokama qilindi

Toshkent viloyati strategiyasi hududning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan Keyingi yangilik 17.08.2026

Toshkent viloyati strategiyasi hududning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan

→
«Xorazm – 2030»: strategiya hududda odamlar hayotini qanday oʻzgartiradi?

«Xorazm – 2030»: strategiya hududda odamlar hayotini qanday oʻzgartiradi?

13.08.2026 • 3 daq.
«Xorazm – 2030»: strategiya hududda odamlar hayotini qanday oʻzgartiradi?
Manba: https://asdr.uz/news/xorazm-2030-strategiya-hududda-odamlar-hayotini-qanday-o%ca%bbzgartiradi  ·  © 2026 Агентство стратегического развития и реформ
Агентство стратегического развития и реформ
Разделы
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Matbuot markazi
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Aloqa
© 2026 Агентство стратегического развития и реформ

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami 100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish

O‘qish rejimi bannerlar va ustunlarni olib tashlaydi: faqat sahifa matni qoladi.

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va saytning barcha sahifalarida amal qiladi.