Asosiy mazmunga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaHujjatlar
Faoliyat
Strategik rejalashtirish tizimi«O‘zbekiston–2030» strategiyasi
Loyihalar
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturiMilliy kitobxonlik harakati“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi“Sifatli davlat boshqaruvi” dasturiXorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestriO'zbekiston Respublikasi ijtimoiy soha obyektlarning yagona geoportali
Matbuot markazi
YangiliklarMediateka
Aloqa«O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bosh sahifa / Yangiliklar / Andijon viloyatida hududiy strategiya loyihasi muhokama qilindi
03.08.2026 3 daq. 24 ko‘rilgan

Andijon viloyatida hududiy strategiya loyihasi muhokama qilindi

Andijon viloyatida hududiy strategiya loyihasi muhokama qilindi 1/5
Bosh sahifaga

Ulashish

Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida hududni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Sessiyada Kengash deputatlari, tarmoq idoralari rahbarlari, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining oʻrinbosari Tohirjon Safarov ishtirok etib, Strategiya loyihasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor maqsadlar va ularga erishish mexanizmlari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.

Taʼkidlanganidek, “Andijon – 2030” strategiyasi “Oʻzbekiston – 2030” umummilliy taraqqiyot strategiyasining uzviy davomi boʻlib, Prezidentning 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqildi. Hujjat viloyat hokimligi va soha idoralari bilan hamkorlikda tayyorlanib, unda viloyat rivojlanishining 70 dan ortiq aniq maqsadi belgilab berilgan.

Strategiyaning oldingi dasturlardan asosiy farqi, har bir maqsad boʻyicha masʼul idora, amalga oshirish muddati, aniq maqsadli koʻrsatkichlar va moliyalashtirish manbalari belgilab qoʻyilganidir. Strategiyaning bosh maqsadi esa aholi farovonligini oshirishga, yaʼni har bir oila turmush darajasida seziladigan aniq oʻzgarishlarga qaratilgan.

Xujjatning ustuvor vazifalaridan biri barqaror ish oʻrinlari yaratish va yoshlar bandligini taʼminlash. Ishsizlik darajasi 4 foizdan oshmaydigan meʼyorda saqlanadi, viloyat iqtisodiyoti 1,8 baravar, yaʼni 15,8 milliard dollarga oʻstirilib, aholi jon boshiga daromad 4,1 ming dollarga yetkaziladi. Yoshlarga alohida eʼtibor qaratilib, IT sohasida 24,2 ming nafar yosh ish bilan taʼminlanadi, “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida 350 ming nafar yosh zamonaviy kasblarga oʻqitiladi.

2030-yilga qadar viloyatda mutlaq kambagʻallikka toʻliq barham berish, koʻrsatkichni 0 % ga tushirish vazifasi qoʻyilgan. Aholiga yordam umumiy emas, manzilli tarzda tashkil etiladi, har bir ehtiyojmand oila bilan alohida ishlanadi. Xotin-qizlarni ish va daromadga jalb etishga alohida urgʻu berilib, ehtiyojmandlikdan chiqariladigan ayollar soni 2,6 baravar kamaytiriladi.

Har yili 12,5 ming xonadonli uy-joy barpo etilib, aholi jon boshiga uy-joy maydoni 19,9 kvadrat metrgacha oshiriladi. Yiliga 3 500 kilometr avtomobil yoʻllari taʼmirlanadi, transport tirbandligini kamaytirish va “aqlli shahar” boshqaruv tizimlarini joriy etish koʻzda tutilgan.

Maktabgacha taʼlim qamrovi 87,8 foizga, oliy taʼlim qamrovi 65 foizgacha oshiriladi. Sogʻliqni saqlash sohasida oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 75 yoshdan 78 yoshgacha uzaytirilib, barcha tibbiyot muassasalari toʻliq raqamlashtiriladi, sohaga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar koʻpaytiriladi.

Sessiyada taʼkidlanganidek, “Andijon – 2030” strategiyasi “maqsad — harakat — natija” zanjiri asosida qurilgan, har bir koʻrsatkich boʻyicha masʼul ijrochi, muddat va moliyalashtirish manbai aniq belgilangan. Har bir tuman uchun uning muammolari va rivojlanish imkoniyatlarini qamrab oluvchi alohida “hududiy pasport” ishlab chiqiladi.

Strategiya ijrosi Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali kuzatib boriladi. Bu esa har bir fuqaroga islohotlar qanday borayotganini real vaqtda, ochiq kuzatish imkonini beradi. 2028-yilda oraliq, 2031-yilning birinchi choragida yakuniy baholash oʻtkaziladi, har yili esa mustaqil tadqiqotlar natijalari jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.

Muhokama yakunida hujjat loyihasi maʼqullanib, uni belgilangan tartibda amalga oshirish boʻyicha tegishli qaror qabul qilindi. “Andijon – 2030” strategiyasi uch milliondan ziyod viloyat aholining farovon kelajagiga qaratilgan aniq dastur boʻladi.

Hududiy rivojlanish strategiyalari muhokamasi mamlakatimizning barcha viloyatlarida izchil davom ettirilmoqda.

  • Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 2026-10-08
  • Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 2026-09-29
  • Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 2026-09-25
  • Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 2026-09-24
  • Byurokratiyasiz O‘zbekiston — taklifingiz islohotga aylanadi! 2026-09-21

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz? 08.10.2026

Davlat xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha talab, keraksiz hujjat yoki murakkab tartibga duch kelganmisiz?

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar 29.09.2026

Geoportal — Navoiy viloyati taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda 25.09.2026

Furqat tumanining rivojlanish salohiyati va foydalanilmagan imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari 24.09.2026

Buxoro viloyatini rivojlantirishda strategik yondashuv va Geoportal imkoniyatlari

← Surxondaryo viloyatida «Surxondaryo — 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi Oldingi yangilik 28.07.2026

Surxondaryo viloyatida «Surxondaryo — 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi

Keyingi yangilik 04.08.2026

“Samarqand – 2030” strategiyasi loyihasi xalq deputatlariga maʼqul boʻldi

“Samarqand – 2030” strategiyasi loyihasi xalq deputatlariga maʼqul boʻldi →
Andijon viloyatida hududiy strategiya loyihasi muhokama qilindi

Andijon viloyatida hududiy strategiya loyihasi muhokama qilindi

03.08.2026 • 3 daq.
Andijon viloyatida hududiy strategiya loyihasi muhokama qilindi
Manba: https://asdr.uz/news/andijon-viloyatida-hududiy-strategiya-loyihasi-muhokama-qilindi  ·  © 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Bo‘limlar
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Loyihalar
  • Matbuot markazi
  • Aloqa
  • «O‘zbekiston–2030» Strategiyasi
Aloqa
  • Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 43
  • +998 71 203-03-08
  • info@asr.gov.uz
© 2026 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami
100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish