Asosiy mazmunga o‘tish
Агентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформ
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Агентство стратегического развития и реформ
Bosh sahifa / Yangiliklar / Surxondaryo viloyatida «Surxondaryo — 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi
28.07.2026 3 daq.

Surxondaryo viloyatida «Surxondaryo — 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi

Surxondaryo viloyatida «Surxondaryo — 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi 1/8
Bosh sahifaga

Ulashish

2026-yil 27-iyul kuni Surxondaryo viloyati xalq deputatlari Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida muhokamaga qo‘yildi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan viloyat hokimligi hamda tegishli idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

«Surxondaryo — 2030» strategiyasi umummilliy «O‘zbekiston — 2030» strategiyasining hududiy davomi bo‘lib, viloyat rivoji uchun 70 dan ortiq aniq maqsadni belgilab beradi. Uning avvalgi dasturlardan tub farqi — puxtaligi va shaffofligidadir. Har bir maqsad bo‘yicha mas’ul idoralar, ijro muddatlari, o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar va moliyalashtirish manbalari qat’iy belgilab qo‘yilgan. Eng muhimi, maqsadlar ijrosini nafaqat viloyat aholisi, balki butun mamlakat jamoatchiligi strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali ochiq kuzatib borishi mumkin.

Sessiyada ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan tizimli islohotlar samara bermoqda. 2025-yil yakunlari bo‘yicha viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 66,2 trillion so‘mni tashkil etdi, besh yillikdagi o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati esa 106,2 foizga yetib, oldingi besh yillikka nisbatan 1,8 barobar jadallashdi.

Strategiya besh ustuvor yo‘nalishga asoslanadi, investitsion jozibadorlikni oshirish, transport infratuzilmasini yaxshilash va urbanizatsiyani jadallashtirish, turizm va xizmatlar sohasini rivojlantirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda ishsizlik va «mutlaq kambag‘allik»ka barham berish. Hujjatda viloyatning noyob geografik joylashuvi — bir vaqtning o‘zida uch davlat, ya’ni Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh yagona hudud ekanligi alohida hisobga olingan. Bu esa transport-logistika, hududlararo va transchegaraviy savdoni rivojlantirish uchun keng imkoniyat ochadi.

Belgilangan marralarning katta qismi bevosita aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan. Aholini daromadli mehnat bilan band qilish ko‘rsatkichi 8,3 mingdan 56,6 mingga oshiriladi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 82,6 foizga yetkaziladi, har yili 10 mingdan ziyod xonadonli zamonaviy uy-joylar barpo etiladi. Termiz shahri jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olinib, 185 ta yangi avtobus yo‘lga chiqariladi va marshrutlar soni 155 taga yetkaziladi. Turizm va xizmatlar sohasida mehmonxona o‘rinlari 6 mingdan 9 mingga, turizm qishloqlari soni 6 tadan 13 taga ko‘payadi — bu ham minglab yangi ish o‘rni demakdir.

Strategiya ijrosi shahar va tumanlar kesimida funksional ixtisoslashuvga asoslanadi: har bir tuman uchun uning muammolari, rivojlanish drayverlari va investitsiya loyihalari portfelini qamrab oluvchi alohida «hududiy pasport» ishlab chiqiladi. Ijro esa strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali izchil nazorat qilib boriladi.

Hududiy rivojlanish strategiyalarining muhokamasi mamlakatimizning boshqa viloyatlarida ham davom ettiriladi.

So‘nggi yangiliklar

  • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 2026-08-21
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 2026-08-21
  • Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 2026-08-21
  • «Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 2026-08-19
  • Toshkent viloyati strategiyasi hududning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan 2026-08-17

Agentlik yangiliklariga obuna bo‘ling

Eng muhim yangiliklar va tahliliy materiallarni pochtangizga oling.

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 21.08.2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 21.08.2026

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 21.08.2026

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 19.08.2026

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi

← Jizzax viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi ko‘rib chiqildi Oldingi yangilik 25.07.2026

Jizzax viloyatida hududni rivojlantirish strategiyasi loyihasi ko‘rib chiqildi

Andijon viloyatida hududiy strategiya loyihasi muhokama qilindi Keyingi yangilik 03.08.2026

Andijon viloyatida hududiy strategiya loyihasi muhokama qilindi

→
Surxondaryo viloyatida «Surxondaryo — 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi

Surxondaryo viloyatida «Surxondaryo — 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi

28.07.2026 • 3 daq.
Surxondaryo viloyatida «Surxondaryo — 2030» strategiyasi loyihasi muhokama qilindi
Manba: https://asdr.uz/news/surxondaryo-viloyatida-surxondaryo-2030-strategiyasi-loyihasi-muhokama-qilindi  ·  © 2026 Агентство стратегического развития и реформ
Агентство стратегического развития и реформ
Разделы
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Matbuot markazi
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Aloqa
© 2026 Агентство стратегического развития и реформ

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami 100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish

O‘qish rejimi bannerlar va ustunlarni olib tashlaydi: faqat sahifa matni qoladi.

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va saytning barcha sahifalarida amal qiladi.