Asosiy mazmunga o‘tish
Агентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформАгентство стратегического развития и реформ
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Oʻzb
OʻzbekchaЎзбекчаРусскийEnglish
Agentlik
Agentlik haqidaRahbariyatTuzilmaDirektorDirektorning birinchi o‘rinbosariKorrupsiyaga qarshi kurash
Faoliyat
2030«O‘zbekiston–2030» strategiyasiUstuvor yo‘nalishlarBarqaror iqtisodiy o‘sishLoyihalar va tashabbuslarTahlil
Matbuot markazi
YangiliklarTadbirlarFotoalbomlarVideomateriallar
Ochiq ma’lumotlar
HujjatlarTenderlarBo‘sh ish o‘rinlari
Aloqa
ESC
Ctrl + K открыть Esc закрыть
Агентство стратегического развития и реформ
Bosh sahifa / Yangiliklar / Toshkentda strategik rejalashtirish va natijadorlikni boshqarish bo‘yicha IHHT seminari bo‘lib o‘tdi
15.04.2026 3 daq.

Toshkentda strategik rejalashtirish va natijadorlikni boshqarish bo‘yicha IHHT seminari bo‘lib o‘tdi

Toshkentda strategik rejalashtirish va natijadorlikni boshqarish bo‘yicha IHHT seminari bo‘lib o‘tdi 1/3
Bosh sahifaga

Ulashish

Mazkur tadbir “IHHT ning O‘zbekistondagi davlat boshqaruvi sharhi” loyihasining ikkinchi bosqichi salohiyatni oshirish doirasida o‘tkazilgan to‘rtinchi seminar bo‘lib, unda mamlakatning asosiy davlat idoralari vakillari ishtirok etdi.

15-aprel kuni Qonunchilik va huquqiy siyosat institutida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHHT) bilan hamkorlikda hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida strategik rejalashtirish va natijadorlikni boshqarish sohasida salohiyatni oshirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi.

Seminar davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni amalga oshirish doirasida tashkil etildi. Muhokamalar uchun asos sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni xizmat qildi.

Seminarda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov ma’ruza bilan ishtirok etdi. U o‘z nutqida Prezident topshirig‘iga muvofiq mamlakatda normativ-huquqiy bazani shakllantirishning birinchi bosqichi yakunlanganini va tizimni faol joriy etish bosqichiga o‘tilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, hozirgi bosqichda mazkur tizimning har bir vazirlik, har bir qabul qilinayotgan qaror darajasida to‘liq ishlashini ta’minlash muhim ekanini qayd etdi. Strategik rejalashtirish hujjatlarining mazmuni va ahamiyati, ijtimoiy kelishuvning ajralmas qismi sifatida, ularning xalq kutgan islohotlarga qanchalik mos kelishi bilan baholanadi.

Seminarda quyidagi asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi:

-  milliy strategiyalardan tortib vazirlik va idoralar ko‘rsatkichlarigacha bo‘lgan yagona va o‘zaro bog‘langan strategik rejalashtirish tizimini shakllantirish;

- natijadorlikni boshqarish mexanizmlarini institutsionallashtirish hamda ularning siyosiy ustuvorliklar o‘zgarishidan qat’i nazar barqarorligini ta’minlash;

- O‘zbekistondagi amaldagi strategik rejalashtirish tizimini ilg‘or xalqaro tajriba asosida tahlil qilish;

- boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydigan sifatli va o‘lchab bo‘ladigan natijadorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.

Shuningdek, Buyuk Britaniya va Latviya tajribasi muhokama qilindi,  ushbu davlatlarda strategik rejalashtirish islohotlari davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynagan. IHHT ekspertlari natijadorlik bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yish mexanizmlari, o‘lchab bo‘ladigan ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish yondashuvlari hamda siyosiy o‘zgarishlar sharoitida institutsional xotirani saqlash strategiyalarini taqdim etdilar.

Seminar yakunlari bo‘yicha strategik rejalashtirish arxitekturasini mustahkamlash, natijadorlik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish hamda Agentlik va tarmoq vazirliklari o‘rtasida barqaror muvofiqlashtirish mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Olingan natijalar strategik rejalashtirish to‘g‘risidagi Farmonni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va milliy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlariga erishishni monitoring qilish bo‘yicha keyingi ishlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

So‘nggi yangiliklar

  • “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 2026-08-21
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 2026-08-21
  • Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 2026-08-21
  • «Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 2026-08-19
  • Toshkent viloyati strategiyasi hududning ulkan salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan 2026-08-17

Agentlik yangiliklariga obuna bo‘ling

Eng muhim yangiliklar va tahliliy materiallarni pochtangizga oling.

Mavzuga oid boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar →
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi 21.08.2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha axborot berildi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv 21.08.2026

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalari koordinatori bilan uchrashuv

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi 21.08.2026

Poytaxtni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi 19.08.2026

«Qoraqalpogʻiston – 2030» strategiyasi – yangi rivojlanish bosqichi dasturi

← Davlat boshqaruvi sohasida xalqaro hamkorlik strategik rejalashtirish tizimidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda kengaytiriladi Oldingi yangilik 14.04.2026

Davlat boshqaruvi sohasida xalqaro hamkorlik strategik rejalashtirish tizimidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda kengaytiriladi

Shvetsiyaning Milliy savdo kengashi delegatsiyasi bilan uchrashuv Keyingi yangilik 17.04.2026

Shvetsiyaning Milliy savdo kengashi delegatsiyasi bilan uchrashuv

→
Toshkentda strategik rejalashtirish va natijadorlikni boshqarish bo‘yicha IHHT seminari bo‘lib o‘tdi

Toshkentda strategik rejalashtirish va natijadorlikni boshqarish bo‘yicha IHHT seminari bo‘lib o‘tdi

15.04.2026 • 3 daq.
Toshkentda strategik rejalashtirish va natijadorlikni boshqarish bo‘yicha IHHT seminari bo‘lib o‘tdi
Manba: https://asdr.uz/news/toshkentda-strategik-rejalashtirish-va-natijadorlikni-boshqarish-boyicha-ihht-seminari-bolib-otdi  ·  © 2026 Агентство стратегического развития и реформ
Агентство стратегического развития и реформ
Разделы
  • Agentlik
  • Faoliyat
  • Matbuot markazi
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Aloqa
© 2026 Агентство стратегического развития и реформ

Ko‘rinish sozlamalari

Matn o‘lchami 100%
Kontrast va fon

Iliq fon uzoq o‘qiganda ko‘zni kamroq charchatadi.

Shrift
Oraliqlar
Xalaqitsiz o‘qish

O‘qish rejimi bannerlar va ustunlarni olib tashlaydi: faqat sahifa matni qoladi.

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va saytning barcha sahifalarida amal qiladi.